O‘zbekiston Rossiyadan 1,5 milllion sayyoh kutmoqda

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishTuristi fotografiruyutsya u mavzoleya Gur-Emir i usipalnisi Tamerlana v Samarkande
Turisti fotografiruyutsya u mavzoleya Gur-Emir i usipalnisi Tamerlana v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston sayyohlik sanoati asosan MDH davlatlaridan kelgan dam oluvchilarga, xususan, Rossiya va Qozog‘iston sayohatchilariga e’tibor qaratmoqda.
TOShKENT, 31 mar - Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi to‘rt yil ichida mehmonxonalar soni 2,2 barobar oshdi. Bu haqda Sputnik muxbiriga “Mehmonxona biznesi forumi – 2022” mehmondo‘stlikni rivojlantirish forumida O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Jahon sayyohlik tashkiloti vakolatxonasi maslahatchisi Shuhrat Isoqulov ma’lum qildi.
“Bu yirik va o‘rta mehmonxonalar, jumladan, xalqaro brendlarga ega mehmonxonalar. Bularning barchasi xorijlik sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatishimizni ta’minlashga qaratilgan. Bu borada esa MDH davlatlari biz uchun ustuvor ahamiyatga ega”, — dedi u.
Shuningdek Isoqulov O‘zbekiston Rossiyadan kelayotgan sayyohlar sonini oshirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
“2019 yilda O‘zbekistonga Rossiyadan 480 ming rossiyalik sayyoh keldi. Va bu Rossiyadan chiqish turizmining atigi 1 % tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkichni 3 %gacha oshirsak, O‘zbekistonda 1,5 million rossiyalik sayyoh bo‘ladi”, - deydi Shuhrat Isoqulov.
MDHdan kelgan sayyohlar O‘zbekistonning mehmondo‘stlik sanoatiga katta daromad keltirmoqda, deya qo‘shimcha qildi ekspert.
“O‘rtacha hisobda rossiyalik sayyohlarning monetizatsiyasi har bir sayohat uchun 635 dollarni, Qozog‘istondan – 159 dollarni, Qirg‘izistondan – 99 dollarni tashkil etadi”, - deydi u.
Ayni damda O‘zbekistonda turizm sektori rossiyalik sayyohlarning ehtiyojlariga moslashishga harakat qilmoqda, ularning asosiy afzalligi all-inclusive formatdir.
Shuhrat Isoqulovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda bunday turistik mahsulotlarni yo‘lga qo‘yish hozirdanoq tahlil qilinmoqda. Shu bilan birga, ko‘pchilik rossiyalik sayyohlar Turkiya va Misrdan charchaganini hisobga olish kerak, deya qo‘shimcha qiladi u.
“Ular O‘zbekistonga (rossiyalik sayyohlar – Sputnik) borganda, biz so‘rovnomalar o‘tkazamiz. Ular O‘zbekistondan mamnun”, — dedi Isaqulov rossiyaliklarning mamlakatdagi dam olishga bo‘lgan munosabatini.
Ma’lumot uchun, shu kunlarda Toshkentda mehmonxona biznesi forumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston mehmonxona xo‘jaliklari uyushmasi tomonidan Turizm va madaniy meros vazirligi ko‘magida tashkil etildi.
Yangiliklar lentasi
0