O‘zbekiston va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

© Minoboroni UzbekistanaMinistri oboroni Uzbekistana i Tursii podpisali soglashenie o sotrudnichestve
Ministri oboroni Uzbekistana i Tursii podpisali soglashenie o sotrudnichestve  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2022
Obuna bo‘lish
Turkiiya mudofaa vazirligi bilan jangovar tayyorgarlik, harbiy ta’lim, hamda mudofaa sanoatini rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzolandi.
TOShKENT, 31 mar - Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya mudofaa vazirliklari orasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqida Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov hamda Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri armiya generali Hulusi Akar ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Hukumatlararo harbiy sohadagi Hadli bitimni imzoladi.
Mazkur hujjat harbiy sohaning ikki tomonlama hamkorligini mustahkamlashga, jangovar tayyorgarlik, harbiy ta’lim, hamda mudofaa sanoatini rivojlantirishga qaratilgan, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Tashrif davomida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston—Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi. Turkiya prezidenti 30-mart kuni Xivaga tashrif buyurdi va shundan so‘ng Turkiyaga jo‘nab ketdi.
Yangiliklar lentasi
0