Polsha "sodiq vassal" ekanini doim tasdiqlab turishi kerak - Medvedev

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishZampred Sovbeza RF D. Medvedev
Zampred Sovbeza RF D. Medvedev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2022
Obuna bo‘lish
Polsha NATO oldida o‘zini sodiq vassal, Rossiyaning har narsaga tayyor "asl dushmani" qilib ko‘rsatmoqda. Rossiyada esa polyaklarga nisbatan hech qanday salbiy kayfiyat yo‘q.
TOShKENT, 31 mar - Sputnik. Polsha Qo‘shma Shtatlarning "vassali" sifatida amerikalik xo‘jayiniga sodiqligini doimiy ravishda tasdiqlab turishi kerak.
Shu sababli ham Polsha NATOning oldingi chizig‘iga aylanmoqda, u yerda AQSh qo‘shinlari soni keskin ortib bormoqda, dedi Dmitriy Medvedev Sputnik Polska muxbiriga.
Medvedev nutqidan asosiy tezislar:
️Lekin umumevropa xavfsizligi uchun bunday tarafkashlik afsonaviy “Rossiya tahdidi”dan ko‘ra ancha xavfli.
️Ayni paytda Yevropa Ittifoqining eng yirik davlatlari ham, AQSh ham Polshani mustahkam strategik hamkor deb hisoblamaydi. Varshavaning vazni va ta’siri bir xil emas.
Polshadagi rusofobiya haqida
Polsha uchun 2010-yilda Smolensk yaqinida prezident Lex Kachinskiyning o‘limi haqidagi haqiqat - muhim emas. Ular uchun ushbu baxtsiz hodisa faqat Rossiyaga qarshi yangi ayblovlarni qo‘yish uchun bahona.
M️rhumlar hotirasiga hurmatsizlik - Polsha rahbarlari uchun odatiy holatga aylangan. "Shu sababli ular bilan har qanday muloqot ma’nosiz".
Rossiya Federatsiyasida Polshaga munosabat to‘g‘risida
️Rossiyada Polshaga qarshi kayfiyat hech qachon bo‘lmagan va yo‘q. So‘rov ma’lumotlari shuni tasdiqlaydiki, mamlakatimiz fuqarolari bugungi polyaklar va Polshaga hech qanday dushmanliksiz munosabatda bo‘lishgan.
Ikki davlat o‘rtasida “normal muloqot o‘rnatish, aloqalarni yangilash, kelishuv va o‘zaro hamjihatlikka erishish” imkoniyati bor edi. Ammo bu ortida Amerika va Yevropa rahbarlari turgan polshalik "ta’sir o‘tkazish guruhlari" rejasiga kirmagan.
Yangiliklar lentasi
0