Qator mahsulotlar importiga aktsiz soligʻi va bojxona bojlari qayta koʻrib chiqiladi
© Sputnik / Vladimir TrefilovBelыy saxar na polke v odnom iz magazinov "Perekrestok" v Moskve.

© Sputnik / Vladimir Trefilov
Sunʼiy ravishda narx oshishining oldini olish boʻyicha tezkor choralar koʻriladi.
TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda ayrim mahsulotlar importiga aktsiz soligʻi va bojxona bojlari qayta koʻrib chiqiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida tegishli taklifni kiritish vazifasini topshirdi.
Taʼkidlanishicha, Bosh vazir boshchiligida kundalik ishlaydigan Respublika shtabi tashkil etiladi. Ushbu shtabga viloyat hokimlari va tegishli vazirlar ham aʼzo boʻladi.
Shtab oldiga bozordagi narx-navoni kundalik ahvoli boʻyicha zarur tezkor choralarni koʻrib borish vazifasi qoʻyildi.
Davlat rahbari Respublika shtabiga quyidagilarni topshirdi:
zarur oziq-ovqat mahsulotlari importi uchun avval berilgan 500 milliard soʻm imtiyozli resurslarning qaytarish muddati yil yakuniga qadar uzaytirish;
bir hafta muddatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning yuzaga kelgan muammolarini kundalik hal etish tizimi joriy etish;
birja savdolarida oziq-ovqat va xom ashyoning toʻliq qoʻyilishi ustidan kunlik nazorat oʻrnatsin va sunʼiy ravishda narx oshishining oldini olish boʻyicha tezkor choralarni koʻrib borish;
- uch kun muddatda shakar, un, yogʻ, goʻsht, choy, bolalar ovqatlari, sut mahsulotlari kabi oziq-ovqat mahsulotlari importiga aktsiz soligʻi va bojxona bojlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha asoslangan taklif kiritish.