Ramazon oyi 2-apreldan boshlanadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVeruyushie vozvravrashayutsya s prazdnichnogo namaza
Veruyushie vozvravrashayutsya s prazdnichnogo namaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2022
Obuna bo‘lish
2022 yilda Ramazon oyining birinchi kuni shu yil 2-aprel, shanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, 2022-yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 2-aprel kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari Kengashi tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda 2022-yilda Ramazon oyining birinchi kuni shu yil 2-aprel, shanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos va munosib tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Yangiliklar lentasi
0