Jamiyat

Samarqandda oltin qidiruvchilarning jinoiy guruhi fosh etildi

© OVD Samarkandskoy oblastiDrobilka dlya dobыchi zolota
Drobilka dlya dobыchi zolota - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oltin qidiruvchilarning 700 kg. ruda toshlari va 400 kg. oltin aralashmali tuproqlari olib qoʻyildi. Ular davlatga 275 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazgan.
TOSHKENT, 31 mart — Sputnik. Tarkibida oltin moddasi boʻlgan ruda toshlarini noqonuniy qazib olish va sotish bilan shugʻullanib kelayotgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqida Samarqand IIB xabar bermoqda.
Aytilishicha, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Paxtachi tumani IIB xodimlari Navoiy Kon-metallurgiya kombinatiga qarashli “Qora-qoʻton” oltin qazib olish koni atrofida muntazam ravishda tarkibida oltin moddasi boʻlgan ruda toshlarini noqonuniy qazib olayotgan jinoiy guruhni aniqlagan.
“Oʻtkazilgan tadbirda, Paxtachi tumanida yashovchi jinoiy guruhning 8 nafar aʼzosi ushlandi. Shu bilan birga, ular tomonidan foydalanib kelingan (1 dona drabilka, 1 dona tegirmon, 1 dona gaz balloni, 700 kg. ruda toshlari va 400 kg. oltin aralashmali tuproq) daliliy ashyo sifatida olindi”, deyiladi xabarda.
Ushbu jinoiy guruh topilgan ruda toshlarini qayta ishlash chogʻida elektr energiyasidan ham noqonuniy ravishda foydalanib kelgan. Natijada davlatga 275 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.
Hozirda, jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatish rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0