Ukraina dog‘i. Baydenning o‘g‘li unga yana ko‘p tashvish orttirdi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishSammit G20 v Rime
Sammit G20 v Rime - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2022
Obuna bo‘lish
Kichik Baydenning Ukrainadagi biolaboratoriyalarni moliyalashtirishga aloqasi bo‘lishi mumkinligi haqidagi dalillar ham paydo bo‘ldi.
AQShda prezidentning o‘g‘li Xanter Baydenga nisbatan soliq tekshiruvi jadal rivojlanmoqda. U Ukrainaning Burisma gaz kompaniyasidan pul olganlikda gumon qilinmoqda. 2024-yilgi saylov kampaniyasiga qizg‘in hozirlik ko‘rayotgan Donald Tramp bu ishga e’tibor qaratdi. Bu Oq uyning amaldagi rahbari uchun nima bilan tugaydi? RIA Novosti bu savolga javob qidirib ko‘rdi.
Zararli odatlar va ruhiy holat
“AQShning Delaver shtati prokuraturasi xodimlari (Xanter) Bayden Ukrainaning Burisma Holdings Ltd gaz kompaniyasidan olgan daromadlari haqida qo‘shimcha ma’lumot so‘radi”, — deb xabar berdi The Wall Street Journal gazetasi. Amerika rahbari o‘g‘lining sheriklaridan biri allaqachon so‘roq qilingan. Uning zararli odatlari, xarajatlari va 2018-yildagi ruhiy holati qiziqish uyg‘otgan. Tergovni an’anaga ko‘ra, sobiq prezident Donald Tramp boshlagan.
“Prokurorlar uning (Xanter) soliq yoki boshqa, shuningdek, xorijiy hukumatlar manfaati uchun lobbistik faoliyatni tartibga soluvchi qonunlarni buzgan-buzmaganligi, Ukraina, Xitoy, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardagi biznes munosabatlarini tekshirmoqda”, — deb yozadi gazeta.
Undan tashqari, kichik Baydenning Ukrainadagi biolaboratoriyalarni moliyalashtirishga aloqasi bo‘lishi mumkinligi haqidagi dalillar ham paydo bo‘ldi. Britaniyaning Daily Mail gazetasi uning Metabiota tibbiy kompaniyasiga AQSh hukumatidan o‘limga olib keluvchi patogenlarni tadqiq qilish uchun ko‘p million dollarlik shartnomalarni yutib olishga yordam berganligini tasdiqlovchi elektron pochta xabarlarini taqdim etdi.
Hujjatlarda keltirilishicha, firma Pentagon pudratchisi Black & Veatchga xizmat ko‘rsatgan. Materiallarga ko‘ra, aynan mana shu firma Ukrainada “havo orqali yuqadigan va o‘limga olib keladigan potensial infeksiyalarni keltirib chiqaradigan yuqumli vositalar yoki toksinlarni o‘rganish” maqsadida biolaboratoriyalar qurgan.
Kichik Bayden Metabiota ni Ukrainaning Burisma Holdings energetika kompaniyasi bilan birga olib borgani xabar qilingan. Birgalikda ushbu kompaniyalar Ukrainadagi bioxavfsizlik darajasi yuqori bo‘lgan laboratoriyalarni o‘z ichiga olgan “ilmiy loyiha”ni amalga oshirishgan.

Oilaviy-moliyaviy janjal

Delaver prokuraturasi kichik Baydenning soliq ishlari bo‘yicha tergovni otasining saylovoldi kampaniyasi avj paytlaridayoq boshlagan. Xanterning o‘zi “biznesni qonuniy va to‘g‘ri yo‘l bilan, jumladan, professional soliq maslahatchilari yordamida olib borgani”ga ishontirgan. Jozef Bayden “sinovlarda chiniqqan va shafqatsiz shaxsiy hujumlarga qarshi kurashgan va bundan yanada kuchliroq bo‘lgan” “o‘g‘li bilan juda faxrlanadi”.
Xanter chindanda otasi va onasiga juda ko‘p tashvishlar orttirgan: alkogol va giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammolar, mojaroli ajrashish, saraton kasalligidan vafot etgan akasi Boning bevasi bilan bo‘lgan ishqiy munosabatlar.
Kichik Baydenning shaxsiy hayotini tinch qo‘yish afzal ko‘rilgan bo‘lsada, uning Ukrainaning Burisma gaz kompaniyasi bo‘yicha shov-shuvli ishi ommaviy axborot vositalarida keng tarqaldi. Xanter 2014-yildan 2019-yilgacha Burisma direktorlar kengashida bo‘lgan. O‘sha paytda vitse-prezident lavozimida ishlagan Jozef Bayden Amerika siyosatining Ukraina yo‘nalishini shakllantirishda ishtirok etgan.
OAVlarga 2017-yil yanvar oyida Xanterning biznes sherigi Erik Shverin tomonidan yozilgan xat tushgan. U o‘sha paytda kichik Bayden tomonidan asos solingan Rosemont Seneca Partners prezidenti bo‘lgan. Xabarda Xanterning 2014-yilgi soliq deklaratsiyasida Burisma ishi uchun olingan 400 ming dollar miqdorida hisobot bermaganligi keltirilgan. Shverin sherigiga soliq deklaratsiyasiga “qo‘shimchalar kiritish”ni maslahat bergan.
Xanterning xitoylik hamkorlar bilan faoliyati ham tergovchilarda savollar tug‘dirgan. Ularni noqonuniy yo‘llar bilan pul qo‘lga kiritishda va soliq jinoyatlarida gumon qilishgan. Ish bilan FTB agentlari, AQSh Ichki daromadlar xizmati jinoiy bo‘limi xodimlari shug‘ullangan. Tarmoqda prezident o‘g‘lining yana bir shaxsiy yozishmalari tarqalgan bo‘lib, unda xitoylik bir milliarderning unga shunchaki muhim insonlar kontaktlariga kirish uchun yiliga o‘n million dollar to‘lagani keltirilgan.

Tramp o‘yinga qaytmoqchi

Burisma ishi 2020-yilgi prezidentlik kampaniyasida muhim rol o‘ynadi. Tramp bu voqeani shov-shuv qilib, Baydenning noxolis siyosatchi ekani: o‘g‘lining manfaatlari Vashingtonning Ukraina yo‘nalishiga ta’sir qilganida ishontirmoqchi bo‘ldi.
Jozef vaziyatni o‘z foydasiga burdi. Demokratlar ayblovlarni Trampning raqibga nisbatan murosa dalillarini topishga urinish sifatida taqdim etdi - Amerika rahbari Burisma ishi Bayden uchun noqulay bo‘lgan tarzda hal bo‘lishi uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga bosim o‘tkazdi. AQShning 45-prezidentiga impichment e’lon qilindi, ammo keyinchalik oqlandi.
Burisma ga qarshi bir nechta jinoiy ishlar ochilgan, biroq ularning hech biri yakuniga yetmagan Shundan so‘ng Tramp Amerika OAVlarini Xanter hikoyasini e’tibordan olib tashlaganini qoraladi. Va shunga qaramay, voqea yana OAVlar diqqat markazida turibdi.
“Tramp uni yana kun tartibiga chiqarmoqchi: bu kuzgi Kongress saylovlari oldidan respublikachilarga qo‘l keladi. Sobiq prezident e’tibor va salbiy piarni yaxshi ko‘radi. Respublikachilar Baydenni salbiy nuqtayi nazardan ko‘rsatishadi, emishki, u mamlakat bir yoqda tursin, u hatto oilasi bilan muammolarini hal qila olmaydi, nopok inson, Rossiya bilan aloqalarini yashiradi. Umuman olganda, uni tashqi siyosatda ancha zaif deb ko‘rsatishga harakat qilishmoqda”, - deydi RAF IMEMO qoshidagi E.M.Primakov nomidagi Shimoliy Amerika tadqiqotlari markazining kichik ilmiy xodimi Anastasiya Bunina.
Xanter Bayden ishi bo‘yicha tergovning yangi bosqichi 2024-yilgi prezidentlik kampaniyasiga tayyorgarlik bilan bog‘liq, deydi markaz rahbari Viktoriya Juravleva.
“Bu yana prezident bo‘lishni istayotgan Donald Trampning shaxsiy ishi. U hozirgi vaziyatdan foydalanmoqda. Ukraina doimo diqqat markazida, bundan tashqari, Baydenga ishonch reytingi juda past. Va hozir saylovchilarning qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘lish uchun bir nimalar tiqishtirib qo‘yishning ayni vaqti. Tramp Rossiya va Bayden harakatlarini izohlashda faol, u yana o‘yinga qaytmoqchi”, - deydi siyosatshunos.
Biroq, Juravlevaning ta’kidlashicha, bu kuzda bo‘ladigan Kongress saylovida demokratlarga zarar keltirishi mumkin. Sobiq soliq prokurori Mett Mullerning ta’kidlashicha, hukumatning harakatlaridan bir narsani tushunib olish mumkin: ular ishni sudga oshirmoqchi. Biroq, kichik Baydenga ayblov e’lon qilinishi fakt emas. Demak, katta Baydenga ham vaziyat uncha qattiq ta’sir qilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0