Jamiyat

Urganchda Al-Xorazmiy shaharchasi quriladi

© Sputnik / Mariya NaumenkoAeroport v gorode Urgench
Aeroport v gorode Urgench - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Urganchda 110 gektar maydonda quriladigan shaharda universitet, IT park, uylar, maktab va bogʻcha, madaniyat va sport majmualari barpo etiladi.
TOSHKENT, 31 mart — Sputnik. Urganchda Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev eʼlon qildi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 30 mart kuni Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Turkiya prezidentini bilan Xivaga tashrif buyurgan edi. Mehmonni kuzatib qoʻygandan soʻng prezident Xorazmda rejalashtirilgan bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Urganch aeroporti yaqinida 110 gektar maydonda quriladigan shaharda universitet, IT park, uylar, maktab va bogʻcha, madaniyat va sport majmualari barpo etiladi. Shaharcha markazida Muhammad al-Xorazmiy sayilgohi boʻlib, buyuk allomaning yangi haykali oʻrnatiladi.
“Bu yer shahar ichidagi shahar boʻladi. Universitet, innovatsion markaz va maktablar ilm va taʼlim klasterini tashkil etadi. Bu yerda ishlovchilar uchun uy-joylar, ilmga asoslangan sanoat zonasi ham boʻladi. Bu shaharchani shunga munosib qilib, sifatli qurish kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, prezidentga taqdim etilgan loyihalar ichida Urganchdagi Sanʼat muzeyi binosini rekonstruktsiya qilish, Xivadagi Qoʻgʻirchoq teatrini zamonaviy binoga koʻchirish ham moʻljallangan, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tuzilmasini takomillashtirisha kabi ishlar belgilangan.
Maʼlumot uchun Andijon, Namangan, Nukus va boshqa shaharlar yaqinida yangi hamroh shaharchalar barpo etilmoqda. Ushbu yilning fevral oyida Urganchda ham Al-Xorazmiy shaharchasini qurish loyihasi bilan tanishgan edi. Yangi shaharchada ming oʻrinli sanʼat saroyi bunyod etilishi hamda u yerda Xorazm lazgisi anʼanalarini saqlash, oʻrganish va keng yoyish uchun zamonaviy sharoit yaratilishi aytib oʻtilgan.
Yangiliklar lentasi
0