Jamiyat

Ayollarga 5 mln soʻmgacha kreditlar naqd berilishi mumkin - qaror

© FAOSelskiye jenщinы Uzbekistana
Selskiye jenщinы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Ayollar daftari”ga oid ilgarigi vaqtinchalik tartib bekor qilindi. Hukumatning 145-sonli qarori bilan yangi nizom tasdiqlandi.
TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. “Ayollar daftari”ga kiritilganlarga 5 mln soʻmgacha kreditlar naqd berilishi mumkin. Bu haqda "Huquqiy axborot" Telegram kanali xabar bermoqda.
Hukumatning 145-sonliqarori bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar kiritiladi:
ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar;
tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandlari bor ehtiyojmand xotin-qizlar.
Nizomda tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun xotin-qizlarga 33 mln soʻmgacha 14 foizlik kreditlar berilishi ham belgilab qoʻyildi.
oilaviy tadbirkorlik uchun – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilik uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha ajratiladi.
Aytilishicha, mazkur nizom tasdiqlanishi munosabati bilan “Ayollar daftari”ga oid ilgarigi vaqtinchalik tartib bekor qilindi.
Maʼlumot oʻrnida bugungi kunga qadar 30 yoshdan oshgan 883 751 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Yanvar oyida respublikadagi barcha mahallalarda yashovchi 30 yoshdan oshgan xotin-qizlarni xonadonma-xonadon yurish orqali qayta roʻyxatdan oʻtkazish ishlari olib borilgan.
Yangiliklar lentasi
0