Iqtisod

Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga imtiyoz beriladi - Shavkat Mirziyoyev

© SputnikUzbekskiye dengi, 5000 sumov
Uzbekskiye dengi, 5000 sumov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Dunyoda sodir boʻlayotgan iqtisodiy murakkab vaziyatni hisobga olib Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga imtiyozlar berildi.
TOSHKENT, 1 apr – Sputnik. Bir qator MDH davlatlari bilan hamkorlik qilayotgan mahalliy korxonalarga imtiyozlar beriladi. Bu haqida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 31 mart kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida xabar qilindi.
Xususan, quyidagi imtiyozlar haqida aytib oʻtildi
yil yakuniga qadar Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga debitor qarzdorligi uchun jarima qoʻllanilmaydi;
ushbu mamlakatlar bilan ishlayotgan eksportchilarning bank kreditlari boʻyicha qarzdorligi uzaytiriladi, penya va jarimalar undirilmaydi.
Undan tashqari barcha korxonalar uchun xorijdan oʻz ehtiyojlari uchun olib kelingan xom ashyo, asbob-uskuna, ehtiyot qismlarga bojxona imtiyozlarini qoʻllash davri hozirgi 6 oydan 1 yilgacha uzaytiriladi.
Prezident shuningdek, Toshkent investitsiya forumida erishilgan koʻp milliardlik shartnomalarni amalga oshirish hamda Oʻzbekistonda oʻzbiznesini boshlash yokirivojlantirish boʻyicha tashabbus qilgan chet ellik biznesmenlarga yordam berish vazifalarini qoʻydi.
Oʻzbekistonlik korxona va sanoat rahbarlari oldida bir oymuddatda Yevropa, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Koreya, Yaponiya kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazib, ularning ishlab chiqarish zanjiriga qoʻshilish boʻyicha amaliy ishlarni boshlash, bu ishlarga xorijdagi elchilarimizni hamfaol jalb etish vazifasi qoʻyildi.
Yangiliklar lentasi
0