Shaxrisabzda haydovchilar bepul xizmat ko‘rsatish xayriya aksiyasi o‘tkazmoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstovataksi
taksi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2022
Obuna bo‘lish
Shahrisabzda 10 nafar haydovchi fuqarolarda xayriya xizmati ko‘rsatmoqda.
TOShKENT, 1-aprel — Sputnik. Bugun, juma munosabati bilan Shaxrisabzda ayrim haydovchilar fuqarolarni manziliga bepul yetkazmoqda. Bu haqida Shahrisabz shahar hokimligi xabar bermoqda.
© KeshnewsV Shaxrisabze voditeli organizovali besplatniy proyezd
V Shaxrisabze voditeli organizovali besplatniy proyezd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2022
V Shaxrisabze voditeli organizovali besplatniy proyezd
Shahrisabz-Kitob yo‘nalishida qatnovchi ayrim avtomobil xaydovchilari o‘z oynalariga “Bepul” deb yozilgan stikerlarni yopishtirishdi. Ular soat 7:00 dan 14:00 gacha aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Xabarda aytilishicha, Shahrisabzda 10 nafar xaydovchi tomonidan "Ezgu yo‘l" loyihasi amalga oshirilmoqda.
“Loyiha ishtirokchilari yani haydovchilar Shahrisabz-Kitob yo‘nalishida har juma kuni yo‘lovchilarni bepul tashishda tashabbus ko‘rsatishmoqda”, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0