Elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishRosstandart vvel novie pravila proverki schetchikov
Rosstandart vvel novie pravila proverki schetchikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2022
Obuna bo‘lish
1 aprel soat 23:00dan 3-aprel soat 22:00gacha elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati xabar berishicha, elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 1-aprel soat 23:00dan 3-aprel soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.
Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bo‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0