Dunyoda

Emomali Rahmon aholini 2 yilga oziq-ovqat zahirasini yigʻishga chaqirdi

Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon aholini 2 yilga oziq-ovqat zahirasini yigʻishga chaqirdi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon aholini 2 yilga oziq-ovqat zahirasini yigʻishga chaqirdi
Hozirgi jahondagi vaziyat butun dunyo davlatlari, jumladan, Tojikistonning iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Bu haqda Tojikiston prezident Emomali Rahmon Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan vatandoshlariga murojaatida aytib oʻtdi.
Uning soʻzlariga koʻra, joriy yil oʻtgan asrdagi eng ogʻir yil boʻladi.
"Bugun insoniyat oʻzining bir asrdan ortiq tarixidagi eng nozik va ogʻir davrda turibdi. Mutaxassislarning fikricha, inqirozning oʻta nozik davri oqibatlarini oldindan aytib boʻlmaydi", dedi u.
Rahmonning aytishicha, dunyoda siyosiy, harbiy, iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat nihoyatda keskin va inqirozli bir sharoitda qattiq mehnat qilish zarur.
Rahmon fuqarolar pandemiya davrida oziq-ovqat zaxiralarining samaradorligiga ishonch hosil qilishganini taʼkidladi.
Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda ham bunga eʼtibor qaratib, mamlakat aholisi hech qanday qiyinchilikka duch kelmasligi, oziq-ovqat taqchilligi yoki oziq-ovqat narxining kooʻtarilishidan aziyat chekmasligi uchun choralar koʻrish zarur.
Yangiliklar lentasi
0