https://oz.sputniknews-uz.com/20220402/kiev-viloyatida-rossiya-desantchilari-ordenlar-bilan-taqdirlandi-video-23726736.html
Kiyev viloyatida Rossiya desantchilari ordenlar bilan taqdirlandi - video
Kiyev viloyatida Rossiya desantchilari ordenlar bilan taqdirlandi - video
Kiyev viloyatida maxsus harbiy operatsiya davomida mardlik va qahramonlik koʻrsatgan rossiyalik desantchilar ordenlar bilan taqdirlandi.
2022-04-02T14:00+0500
2022-04-02T14:00+0500
2022-04-02T14:28+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
rossiya mudofaa vaziri
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/19/22968906_0:138:3151:1910_1920x0_80_0_0_f7aadb2503538b1fb20e70717b7e3f03.jpg
Kiyev viloyatida maxsus harbiy operatsiya davomida mardlik va qahramonlik koʻrsatgan rossiyalik desantchilar ordenlar bilan taqdirlandi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar qildi.Desantchilar “Jasorat” ordenlari va “Mardlik uchun” medallari bilan taqdirlangan. Harbiylardan biri "IV darajali Georgiy xochi" bilan mukofotlandi.Desantchilardan biri Nikolayning aytishicha, u oʻz safdoshlari bilan snayperlar tomonidan yaralangan vzvod komandirini, oʻzi ham oyogʻidan yaralangan holatda, xavfsiz joyga olib chiqdi.Desantchi Dmitriyning soʻzlariga koʻra, topshiriqlarni bajarish jarayonida ular tanklar pistirmasiga duch kelishdi.Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.Donbassdagi “tinch aholiga qarshi qonli jinoyatlar” uchun javobgar boʻlgan barcha harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba berilmoqda. Tinch aholi turar joylariga, shaharlarga zarba berilmayapti.
rossiya
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/19/22968906_210:0:2941:2048_1920x0_80_0_0_54733ce09b2dff149d97c74bf6d40469.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, ukraina, rossiya mudofaa vaziri
Kiyev viloyatida Rossiya desantchilari ordenlar bilan taqdirlandi - video
14:00 02.04.2022 (yangilandi: 14:28 02.04.2022) Maxsus harbiy operatsiyada mardlik va qahramonlik koʻrsatgan rossiyalik desantchilar ordenlar bilan taqdirlandi.
Kiyev viloyatida maxsus harbiy operatsiya davomida mardlik va qahramonlik koʻrsatgan rossiyalik desantchilar ordenlar bilan taqdirlandi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar qildi.
"Kiyev viloyatida rossiyalik desantchilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Havo-desant boʻlinmasi qoʻmondoni harbiy operatsiyada davomida jangovar topshiriqlarni bajarishda oʻzini koʻrsatgan harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlarini topshirdi”, - deyilgan vazirlik xabarida.
Desantchilar “Jasorat” ordenlari va “Mardlik uchun” medallari bilan taqdirlangan. Harbiylardan biri "IV darajali Georgiy xochi" bilan mukofotlandi.
Desantchilardan biri Nikolayning aytishicha, u oʻz safdoshlari bilan snayperlar tomonidan yaralangan vzvod komandirini, oʻzi ham oyogʻidan yaralangan holatda, xavfsiz joyga olib chiqdi.
Desantchi Dmitriyning soʻzlariga koʻra, topshiriqlarni bajarish jarayonida ular tanklar pistirmasiga duch kelishdi.
"Harbiy xizmatchilar qattiq qarshilik koʻrsatib, raqibning katta kuchini yoʻq qilishdi. Boʻlinmamizning barcha harbiy xizmatchilari jasorat koʻrsatishdi. Bu mukofotni oʻzimning shaxsiy xizmatlarim emas, qoʻl ostimdagi harbiy xizmatchilarning xizmati deb bilaman", - dedi u.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Donbassdagi “tinch aholiga qarshi qonli jinoyatlar” uchun javobgar boʻlgan barcha harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba berilmoqda. Tinch aholi turar joylariga, shaharlarga zarba berilmayapti.