https://oz.sputniknews-uz.com/20220403/chusovitina-23739930.html
“Bu gʻalabamni muxlislarimga bagʻishlayman” – Chusovitina Bokudagi Jahon kubogi haqida
“Bu gʻalabamni muxlislarimga bagʻishlayman” – Chusovitina Bokudagi Jahon kubogi haqida
Afsonaviy oʻzbekistonlik gimnastikachi Jahon kubogi qanday oʻtgani haqida soʻzlab berdi va uni qoʻllab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi. 03.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-03T14:08+0500
2022-04-03T14:08+0500
2022-04-03T14:08+0500
sport
chusovitina
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1305/21/13052179_0:0:3148:1771_1920x0_80_0_0_b460f2784615bfb115020b1492137bf0.jpg
TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Afsonaviy oʻzbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina kuni kecha Bokuda sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogida oltin medalni qoʻlga kiritdi.Sportchi Sputnik nashriga bergan intrevyusida musobaqalar qanday oʻtganini soʻzlab berdi.“Bu yerda raqiblar koʻproq edi, sogʻlom kurash boʻldi. Shuning uchun qatnashish juda qiziqarli boʻldi. Albatta, har bir sportchi musobaqaga kelayotib, shohsupaga koʻtarilishni istaydi, shu bois men yaxshi sakrashim kerak edi”, - deydi Chusovitina.Erkaklar va ayollar sport gimnastikasi boʻyicha FIG Jahon kubogi 31 martdan 3 aprelgacha Ozarbayjon poytaxtida boʻlib oʻtmoqda. Musobaqalarda dunyoning 34 ta mamlakatidan 145 nafar gimnastikachilar oʻzaro kuch sinashishmoqda.Chusovitina uni musobaqa davomida qoʻllab-quvvatlagan va uning muvaffaqiyatiga ishongan barchaga, jumladan, muxlislari va yaqinlariga minnatdorchilik bildirdi.Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil avgustida Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari vaqtida Oksana Chusovitina sportdagi faoliyatini yakunlaganini maʼlum qilgan edi, biroq biroz vaqt oʻtib katta sportga qaytishga qaror qildi. U buni “faoliyatini Oʻzbekiston uchun medalsiz yakunlay olmasligi” bilan izohlagan edi.“Birinchi musobaqalarda juda hayojonli edi, aynan qaytish. Lekin buni uddasidan chiqdim, va men oʻzimga yanada koʻproq ishona boshladim”, - deydi gimnastikachi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1305/21/13052179_240:0:2971:2048_1920x0_80_0_0_eaa0b7a781dd877054d0819786306a2d.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
chusovitina
“Bu gʻalabamni muxlislarimga bagʻishlayman” – Chusovitina Bokudagi Jahon kubogi haqida
Eksklyuziv
Afsonaviy oʻzbekistonlik gimnastikachi Jahon kubogi qanday oʻtgani haqida soʻzlab berdi va uni qoʻllab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi.
TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Afsonaviy oʻzbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina kuni kecha Bokuda sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogida
oltin medalni qoʻlga kiritdi. Sportchi
Sputnik nashriga bergan intrevyusida musobaqalar qanday oʻtganini soʻzlab berdi.
“Bu yerda raqiblar koʻproq edi, sogʻlom kurash boʻldi. Shuning uchun qatnashish juda qiziqarli boʻldi. Albatta, har bir sportchi musobaqaga kelayotib, shohsupaga koʻtarilishni istaydi, shu bois men yaxshi sakrashim kerak edi”, - deydi Chusovitina.
Erkaklar va ayollar sport gimnastikasi boʻyicha FIG Jahon kubogi 31 martdan 3 aprelgacha Ozarbayjon poytaxtida boʻlib oʻtmoqda. Musobaqalarda dunyoning 34 ta mamlakatidan 145 nafar gimnastikachilar oʻzaro kuch sinashishmoqda.
Chusovitina uni musobaqa davomida qoʻllab-quvvatlagan va uning muvaffaqiyatiga ishongan barchaga, jumladan, muxlislari va yaqinlariga minnatdorchilik bildirdi.
“Bu nafaqat mening gʻalabam. Bu qisman muxlislarimning ham gʻalabasi. Bu gʻalabamni menga ishongan va meni qoʻllab-quvvatlagan muxlislarimga bagʻishlayman, chunki ular menga kuch bagʻishlashadi va ishtirok etish uchun gʻayratimni oshirishadi”, - dedi sportchi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil avgustida Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari vaqtida Oksana Chusovitina sportdagi faoliyatini yakunlaganini
maʼlum qilgan edi, biroq biroz vaqt oʻtib katta sportga qaytishga qaror qildi. U buni “faoliyatini Oʻzbekiston uchun medalsiz yakunlay olmasligi” bilan
izohlagan edi.“Birinchi musobaqalarda juda hayojonli edi, aynan qaytish. Lekin buni uddasidan chiqdim, va men oʻzimga yanada koʻproq ishona boshladim”, - deydi gimnastikachi.