Yengil avtomobillar importi qariyb 6 baravarga oshdi

© Pixabay / 2993460Avtomobil BMW
Avtomobil BMW - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2022
Obuna bo‘lish
2022 yilning ilk ikki oyida qiymati 124,5 million dollarga teng 5 948 ta yengil avtomobil olib kelingan.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-fevral oylarida 5 948 ta yengil avtomobil import qilgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ta’kidlanishicha, yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 873 taga yoki qariyb 6 baravarga oshgan.
Joriy yanvar-fevral oylarida 18 ta xorijiy davlatdan import qilingan mashinalar qiymati 124,5 million dollarga teng bo‘lgan.
2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 5,9 million dollarlik 228 ta elektromobil import qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0