Ertaga harorat +35 darajagacha ko‘tariladi

© Sputnik / Grigoriy SisoyevSvetenie tulpanov
Svetenie tulpanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2022
Obuna bo‘lish
4 aprel kuni Qashqadaryo, Surxondaryo va Xoramz viloyatlarida havo kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zgidromet 4-aprel, dushanba kuni, kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo vaqti-vaqti bilan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +9...+11 daraja, kunduzi +25...+27 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo ba’zi joylarda bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo ba’zi joylarda bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo ba’zi joylarda bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo ba’zi joylarda bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo ba’zi joylarda bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja iliq, kunduzi +15...+20 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0