Dunyoda

Qozogʻistonda prezidentga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan xorijiy razvedka agenti ushlandi

© PixabayZaderjaniye prestupnika
Zaderjaniye prestupnika - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Hibsga olingan xorijiy razvedka agenti Qozogʻistonda Rossiyaga qarshi tashviqot ham olib borgan.
TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Qozogʻiston maxsus xizmat xodimlari mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan xorijiy razvedka agentini qoʻlga olishdi. Bu haqda respublika Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (MXQ) matbuot xizmati xabar bermoqda.
“2022 yil 25 mart kuni Nur-Sulton shahrida MXQ kontrrazvedkasi tomonidan Qozogʻiston prezidenti va bir qator yuqori martabali davlat xizmatchilariga suiqasd qilishni rejalashtirgan Qozogʻiston fuqarosi — "A" xorijiy razvedka agenti qoʻlga olindi”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, u bir vaqtning oʻzida maxsus xizmat va huquqni himoya qiluvchi organ xodimlariga nisbatan terrorchilik aktini amalga oshirishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari, hibsga olingan xorijiy razvedka agenti Qozogʻistonda Rossiyaga qarshi tashviqot ishlarini olib borgan. Ijtimoiy tarmoqlarda jamiyatda rusofob qarashlarni shakllantirishga qaratilgan postlarni chop etgan.
Tintuv paytida undan xorijda ishlab chiqarilgan snayper miltigʻi, giyohvand moddasi va katta miqdordagi pul musodara qilingan.
Dastlabki tergovda qozogʻistonlik bu xatti-harakatlarni chet el davlatining koʻrsatmasi va manfaatlarini koʻzlab amalga oshirganini tan olgan.
Hozir Qozogʻiston JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0