Jamiyat

Ramazonda toʻgʻri ovqatlanishning 9 ta oltin qoidasi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishRamadan v Kazaxstane
Ramadan v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sanepidxizmati Ramazonda toʻgʻri ovqalanishning 9 ta oltin qoidasi bilan oʻrtoqlashdi.
Ramazon oyida toʻgʻri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Ramazonda sogʻlom ovqatlanish va oshqozon ichak tizimi salomatligini saqlash uchun qator tavsiyalarni berdi.

1. Taomlanishni xurmodan boshlang.

Xurmo — bu roʻza paytida kun davomida energiya bilan taʼminlaydigan uglevodlarning manbai hisoblanadi. Xurmo mevasi tolalari ovqat hazm qilish traktini ishlashini tartibga soladi. Bundan tashqari, xurmo magniy va kaliyga boy.

2. Koʻp miqdorda suv iching

Ayniqsa issiq havoda tanangizni suv bilan taʼminlash uchun yetarli miqdorda suv ichish juda muhimdir. Kun davomida chanqamaslik uchun ogʻiz ochilgandan keyin va saharlikdan oldin yetarlicha suv iching. Ovqatlanish uchun ruxsat berilganda 8 stakan suv ichishga harakat qiling.

3. Chanqatadigan ovqatlar va mahsulotlardan saqlaning

Tuzli ovqatlar, konservalar, tuzlangan bodringlar, baliqlardan saqlaning. Bundan tashqari, ziravorlarga boy ovqatlardan saqlaning, chunki ular sizda chanqoq hissini chaqiradi. Koʻproq meva va sabzavotlarni isteʼmol qiling, ular organizmning suv zaxiralarini yangilaydi va toʻldiradi.

4. Sekin, shoshmasdan iftorlik qiling

Uzoq muddatli ochlikdan soʻng, tanaga katta miqdordagi oziq-ovqat tushishi – stressdir. Moʻʼtadil boʻlishga harakat qiling, iftorni xurmo, suv bilan boshlang, keyin shoʻrva, salat yeyishingiz mumkin. Bir muncha vaqt oʻtgach, asosiy taomga oʻting. Ortiqcha ovqatlanish ovqat hazm qilishda muammolar va oshqozon ogʻrigʻiga sabab boʻlishi mumkin.
Iftorni iliq shoʻrva bilan boshlash roʻza tutgandan keyin eng yaxshi ovqat boʻlib, organizmning ozuqaviy moddalarini toʻldiradi va tanani ogʻirroq ovqatlar uchun tayyorlaydi.

5. Taomingizda barcha kerakli nutriyentlar mavjudligiga ishonch hosil qiling

Iftorda oqsillar, sabzavotlar, yormalar, mevalar va foydali yogʻlar kabi ovqatlar boʻlishi kerak.

6. Sogʻlom ovqatlarni tanlang

Ratsioningizda don, yormalar, tovuq goʻshti, yogʻsiz goʻsht, baliq, zaytun moyi va mevalar boʻlishi kerak. Qovurilgan, shoʻr va yogʻli ovqatlardan saqlaning. Goʻsht, dukkaklilar, tuxum va sut mahsulotlari oqsilga boy. Ushbu oziq-ovqat mahsulotlaridan kamida bittasini har kuni isteʼmol qilishingiz kerak.

7. Shirinliklardan saqlaning

Iftordan keyingi shirinliklar qorinda gaz toʻplanishiga sabab boʻladi va ovqat hazm qilishni buzadi. Bundan tashqari, u qondagi glyukoza miqdorini oshiradi, bu esa shirinliklarga boʻlgan ehtiyojni yanada oshiradi. Shuning uchun iftorlikdan 2–3 soatdan keyin shirinliklarni isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Shirinliklarni foydaliroq mahsulotlarga: xurmo, quruq mevalar, shirin mevalar bilan almashtirish kerak.

8. Qahva (kofe) ichishdan tiyiling

Ramazon oyida bosh ogʻrigʻi va uyqusizlikka yoʻl qoʻymaslik uchun qahva ichishni kamaytirishga harakat qiling.

9. Iftorlik va saharlik orasida yengil tamaddi qilib olish

Asosiy ovqatlanishni uch qismga boʻlish va iftorlik va saharlik orasida yengil tamaddi qilib olish tavsiya qilinadi. Uchdan bir qismi murakkab uglevodlar, uchdan biri yogʻsiz goʻsht yoki baliq, qolganlari esa sabzavot boʻlishi kerak. Bu sogʻlom muvozanatli ovqatlanish boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0