Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi: Buchadagi kadrlar Kiyevning G‘arb OAVlari uchun uyushtirgan sahnasi

© Sputnik / Vitaliy BelousovZdanie Ministerstva oboroni Rossiyskoy Federatsii na Frunzenskoy naberejnoy v Moskve.
Zdanie Ministerstva oboroni Rossiyskoy Federatsii na Frunzenskoy naberejnoy v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev rejimining navbatdagi ig‘vosini rad etdi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Ukraina hukumati tomonidan taqdim etilgan go‘yoki Buchada Rossiya qo‘shinlari “jinoyatlarini” tasdiqlovchi materiallar – navbatdagi ig‘vo. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
“Kiyev rejimi tomonidan chop qilingan go‘yoki Rossiya harbiy xizmatchilarining biror bir “jinoyatlaridan” guvohlik beruvchi foto va video materiallar <...> navbatdagi ig‘vodir”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, bu punktning Rossiya qo‘shinlari nazorati ostidan bo‘lgan davrda hech bir mahalliy aholi biror bir zo‘ravonlik harakatlaridan jabr ko‘rmagan. Rossiya harbiylari bu shaharni 30-mart kuni tark etishgan – Moskva va Kiyevning Istanbuldagi muzokaralaridan bir kun o‘tib.
Qolaversa, 31-mart kuni Bucha shahri meri Anatoliy Fodoruk o‘zining videomurojaatida shaharda rossiyalik harbiylar yo‘qligini tasdiqlagan. Qolaversa, ko‘chalarda qo‘llari bog‘liq aholi otib o‘ldirgani haqida hech nima demagan.
“Shu bois Buchadagi “jinoyatlar guvohliklari” deb ataluvchi bu narsalar to‘rtinchi kunga kelib, shaharga UXX va Ukraina televideniyesi vakillari kelgan paytda paydo bo‘lgani ajablanarli emas”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Kiyev rejimi tomonidan chop qilingan bu odamlar tanalari kamida to‘rt kun o‘tib qotib qolmagan, murdaga xos dog‘larga ega emas, ular jarohatlaridagi qon ivib qolmagan.
“Buning hammasi Buchadagi bu foto va video kadrlar Kiyev rejimining Mariupoldagi tug‘ruqxona hamda boshqa shaharlarda bo‘lgani kabi G‘arb OAVlari uchun navbatdagi uyushtirgan sahnasi ekanini rad qilib bo‘lmas darajada isbotlaydi”, - deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.
Vazirlik shaharning janub tomonlari doimiy ravishda Ukraina tomonidan o‘qqa tutib kelinganini eslatgan. Shu bilan birga Rossiya Kiyev viloyatiga 452 tonna gumanitar yordam yetkazib bergan, harbiy tinch aholining shahar bo‘ylab harakatlanishi va mobil aloqadan foydalanishiga xalal bermagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Donbassdagi “tinch aholiga qarshi qonli jinoyatlar” uchun javobgar bo‘lgan barcha harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba berilmoqda. Tinch aholi turar joylariga, shaharlarga zarba berilmayapti.
Yangiliklar lentasi
0