Jamiyat

Zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarovmechet Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa obщiy vid
mechet Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa obщiy vid - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Fatvo hayʼati 2022 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini belgiladi.
TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati milodiy 2022 (hijriy 1443) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini eʼlon qildi.
© Foto: fatvo.uz2022 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori
2022 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2022
2022 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori
Unga koʻra, bu yilgi zakot nisobi 34 000 000 (oʻttiz toʻrt million) soʻm deb belgilandi. 34 million soʻm va undan ortiq ega boʻlgan kishi, jami mablagʻining qirqdan biri (1/40)ni hisoblab, zakot niyatida beradi.
Fitr sadaqasi miqdori esa quyidagicha:
bugʻdoydan 2 kg — 10 000 (oʻn ming) soʻm;
arpadan 4 kg — 16 000 (oʻn olti ming) soʻm;
mayizdan 2 kg — 100 000 (yuz ming) soʻm;
xurmodan 4 kg — 160 000 (bir yuz oltmish ming) soʻm deb belgilandi.
Har kim oʻz imkoniyatiga qarab, ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi.
Fidya miqdori — bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati qiymatida hisoblanadi. Bugungi kunda bu oʻrtacha 25 ming soʻmga toʻgʻri kelmoqda.
Taʼkidlanishicha, mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilangan. Har bir viloyat oʻz bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.
Yangiliklar lentasi
0