Iqtisod

Bu yilgi "Innoprom" dasturidan nimalar oʻrin olgan

Innoprom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Biz faqat sotish uchun kelmaymiz, biz birga ishlashni xohlaymiz", - dedi bugun boʻlib oʻtayotgan onlayn-sessiya davomida Anton Atrashkin.
TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. Aprel oyi oxirida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan "Innoprom" koʻrgazmasi dasturidan qanday tadbirlar oʻrin olgani haqida bugun Rossiya va Oʻzbekiston vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan onlayn-sessiyada maʼlum boʻldi.
"Innoprom" koʻrgazmasi dasturiy direktori Anton Atrashkin aytishiga koʻra, bu yil koʻrgazma darajasini yanada yuqoriga koʻtarish rejalashtirilgan. Koʻrgazma milliy sektorlarga boʻlingan boʻladi va bu yil unda nafaqat YEOII davlatlari, balkim Yevropa davlatlari ham ishtirok etadi.
Koʻrgazmaning asosiy mavzulari bu - mashinasozlik va raqamlashtirish sohalariga bagʻishlangan boʻladi. Shuningdek, yana bir yangi yoʻnalish bu - qulay shahar muhiti yaratish boʻladi. Rossiyadan ushbu sohada hamkorlik aloqalari oʻrnatish uchun qurilish vaziri oʻrinbosari Nikita Stasishin boshchiligidagi delegatsiya keladi.
"Biz faqat sotish uchun kelmaymiz, biz birga ishlashni xohlaymiz. Kelajakda qoʻshma loyihalarda birga ishlash uchun yosh avlodni hozirdan tayyorlash kerak", - dedi bugun boʻlib oʻtayotgan onlayn-sessiya davomida Anton Atrashkin.
Ushbu maqsadda, koʻrgazmanng uchinchi kunida oʻzbekistonlik talabalar oldida Rossiya sanoat korxonalari rahbarlari nutq soʻzlaydi.
"Katta biznes rahbarlari nafaqat oʻzlarining kitoblardan olgan bilimlarini, balkim zamonaviy korxona qanday ishlashi haqida oʻz tajribalari orqali orttirgan bilimlari bilan baham koʻrishadi", - dedi Atrashkin.
Eslatib oʻtamiz, 25-27 aprel kunlari Toshkentda Rossiyaning Sanoat va savdo vazirligi hamda Oʻzbekistonning Investitsiyalar va savdo vazirliklari tomonidan tashkil qilinayotgan "Innoprom" xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Ushbu koʻrgazma tafsilotlari bugun boʻlib oʻtayotgan onlayn sessiya davomida Rossiya sanoat vaziri oʻrinbosari Aleksey Gruzdev Oʻzbekiston Investitsiya va savdo vaziri oʻrinbosari Xurram Teshabayevlar ishtirok etmoqda.
Oʻtgan yili boʻlib oʻtgan "Innoprom" koʻrgazmasiga 10 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan va Oʻzbekistonning 14 ta hududi va 1000 dan ortiq korxonalari ishtirok etgan edi. Rossiya tomonidan esa 13 ta hududdan 300 ta kompaniya tashrif buyurgan edi.
Yangiliklar lentasi
0