Haftaning birinchi yarmida ob-havo juda issiq bo‘lishi kutilmoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishVesennee svetenie rasteniy v Krasnodare
Vesennee svetenie rasteniy v Krasnodare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2022
Obuna bo‘lish
6 aprel kuniga kelib kunduzi +30...+33 darajagacha ko‘tariladi, bu iqlimiy meyordan +8...+10 darajaga yuqori.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘ylab yoz fasli kabi quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Havo harorati kundan-kunga ko‘tariladi va 6-aprel kuniga kelib kunduzi +30...+33 darajagacha ko‘tariladi, bu iqlimiy meyordan +8...+10 darajaga yuqori.
4-5 aprel kunlari shimolda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ish haftasining ikkinchi yarmida respublika bo‘yicha yuqori va o‘rta qavat bulutlari kuzatiladi. Ammo quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat tog‘li hududlarda 7-aprel kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqalidroq bo‘lishi mumkin. Kunduz kungi harorat +23...+28 darajagacha biroz pasayadi.
Yangiliklar lentasi
0