https://oz.sputniknews-uz.com/20220404/iiv-e-patrul-tizimini-joriy-etadi-23754208.html
IIV “YE-patrul” tizimini joriy etadi
IIV “YE-patrul” tizimini joriy etadi
Oʻzbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boshlab ichki ishlar organlarida bosqichma-bosqich "E-patrul" tizimi joriy etilib, tekshirish uchun fuqaroni ichki ishlar boʻlimiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi.
2022-04-04T12:36+0500
2022-04-04T12:36+0500
2022-04-04T12:36+0500
jamiyat
iiv
yoʻl-patrul xizmati (ypx)
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1390/24/13902489_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_e698fb3bdcbd8595f668e94b219e7eaa.jpg
TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boshlab ichki ishlar organlarida bosqichma-bosqich "E-patrul" tizimi joriy etilib, tekshirish uchun fuqaroni ichki ishlar boʻlimiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi. Bu IIV ishlab chiqqan va jamoatchilik muhokamasiga qoʻygan yangi qonun loyihasida koʻzda tutilgan.Barcha maʼlumotlar joyida planshet orqali tekshiriladi. Patrul-post xizmati xodimlari faoliyatini “bodikamera”dan foydalangan holda amalga oshirishadi.Quyidagilar huquqbuzarliklar sodir etishda gumon qilinayotgan fuqarolar va boshqa shubhali shaxslarni elektron identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovasiga muvofiq tasdiqlanadi:Hujjat qabul qilingandan soʻng IIV uch oy muddatda planshet orqali shaxsni biometrik identifikatsiya qilishda foydalaniladigan "E-patrul" dasturiy kompleksining texnik topshirigʻi, dasturiy taʼminoti va mobil ilovasini ishlab chiqishi kerak.“YE-patrul” tizimi faoliyatini raqamlashtirishda zarur kompyuter va boshqa uskunalarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1390/24/13902489_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_506b0bb7d3a390bfbb59ffdb7dacc6d4.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
iiv, yoʻl-patrul xizmati (ypx)
IIV “YE-patrul” tizimini joriy etadi
2023 yildan fuqarolarni tekshirish uchun ichki ishlar boʻlimiga olib borish tartibidan voz kechish rejalashtirilmoqda.
TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boshlab ichki ishlar organlarida bosqichma-bosqich "E-patrul" tizimi joriy etilib, tekshirish uchun fuqaroni ichki ishlar boʻlimiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi. Bu IIV ishlab chiqqan va jamoatchilik muhokamasiga qoʻygan yangi qonun loyihasida
koʻzda tutilgan. Barcha maʼlumotlar joyida planshet orqali tekshiriladi. Patrul-post xizmati xodimlari faoliyatini “bodikamera”dan foydalangan holda amalga oshirishadi.
Quyidagilar huquqbuzarliklar sodir etishda gumon qilinayotgan fuqarolar va boshqa shubhali shaxslarni elektron identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovasiga muvofiq tasdiqlanadi:
"E-patrul" tizimidan foydalanish tartibi;
Patrul-post xizmati xodimlari harakatlarini qayd etuvchi texnik vositalardan foydalanish tartibi;
Bodikameralar orqali qayd etilgan maʼlumotlarni hisobga olish va saqlash tartibi;
"E-patrul" tizimidan foydalanishda xodimning majburiyatlari.
Hujjat qabul qilingandan soʻng IIV uch oy muddatda planshet orqali shaxsni biometrik identifikatsiya qilishda foydalaniladigan "E-patrul" dasturiy kompleksining texnik topshirigʻi, dasturiy taʼminoti va mobil ilovasini ishlab chiqishi kerak.
“YE-patrul” tizimi faoliyatini raqamlashtirishda zarur kompyuter va boshqa uskunalarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.