Karantin sabab kechikkan pensiyalar to‘liq qoplab beriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2020-yil 24-martdan koronavirus pandemiyasi sababli karantin e’lon qilingan va bugungi kunga qadar bekor qilinmagan.
TOShKENT, 4-aprel — Sputnik. O‘zbekistonda karantin e’lon qilingan kundan e’tiboran (2020 yil 24-mart) muayan sabablarga ko‘ra yoshga doir pensiya tayinlanishi uchun o‘z vaqtida murojaat qilolmagan fuqarolarga o‘tgan davrlar uchun pul mablag‘i to‘liq to‘lab beriladi. Bu haqida Pensiya jamg‘armasi xabar bermoqda.

“O‘zbekiston Respublikasida 2020-yil 24-martdan koronavirus pandemiyasi sababli karantin e’lon qilingan va bugungi kunga qadar bekor qilinmagan. Bunda, fuqaro pensiya olish huquqi 2020-yil 24-martdan keyin paydo bo‘lib, pensiya tayinlash uchun 2022-yil mart oyida murojaat qilgan bo‘lsa ham unga pensiya huquqi paydo bo‘lgan sanadan boshlab to‘liq to‘lab beriladi”, - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi 752-sonli Qonuniga muvofiq, fuqarolarning pensiyaga chiqish vaqti karantin davriga (amal qilgan vaqtda) to‘g‘ri kelib, karantin sababli pensiya tayinlash uchun murojaat qila olmagan bo‘lsalar, ular karantin tugaganidan keyin bir oy o‘tib murojaat qilgan taqdirda ham pensiya tayinlanadi va bir yo‘la to‘lab beriladi.
Ta’kidlanishicha, deylik fuqaro 2020-yil 1-may kuni 60 yoshga to‘ldi. Biroq, turli sabablar tufayli pensiya tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasiga o‘z vaqtida murojaat qila olmadi. U 2022-yil yanvar oyida (ya’ni 20 oydan keyin) pensiya tayinlash uchun murojaat qildi. Bunda ushbu fuqaroga 2020-yil 1-maydan pensiya tayinlanib, unga 2020-may – 2022-yil yanvar oylari (20 oy) uchun pensiyasi bir yo‘la hamda kelgusida har oylik pensiyasi to‘lanadi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Pensiya jamg‘armasi tomonidan har oyda 4 mln. nafardan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilar hamda 1,5 mln. nafardan ortiq kam ta’minlangan oilalarga yoki 6,4 mln. nafar fuqaroga bolalar nafaqasi va moddiy yordam ta’minoti amalga oshirilmoqda. Ya’ni, Jamg‘arma tomonidan respublika aholisining 29 foiziga har oyda xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0