Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Lavrov Buchadagi igʻvoga munosabat bildirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPress-konferentsiya glavы MID RF S. Lavrova
Press-konferentsiya glavы MID RF S. Lavrova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya TIV rahbari: Bucha shahri atrofidagi gap-soʻz navbatdagi feyk hujum.
TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Ukrainaning Bucha shahri atrofidagi gap-soʻzlar navbatdagi feyk hujum. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov maʼlum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Kuni kecha Kiyev viloyatining Bucha shahrida u yerdan Rossiya harbiy xizmatchilari rejaga muvofiq chiqib ketishgandan soʻng navbatdagi feyk hujum uyushtirildi”, - dedi Lavrov BMT bosh kotibining gumanitar masalalar boʻyicha oʻrinbosari Martin Griffits bilan uchrashuv chogʻida.
Rossiya TIV rahbari bu sahna koʻrinishi Rossiya qoʻshinlari shaharni tark etishgandan keyin bir necha kun oʻtib uyushtirilganini taʼkidladi. Endi bu yolgʻon xabarni Ukraina vakillari va ularning gʻarblik homiylari barcha ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishmoqda. Lavrov bu uyushtirilgan sahnadan Rossiyaga qarshi maqsadlarda foydalanishga urinishayotgani urgʻuladi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Dmitriy Peskov Ukrainaning goʻyoki Buchada Rossiya qoʻshinlari sodir etgan jinoyatlar haqidagi foto va videolarga ishonmaslik zarur ekanini maʼlum qilgan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi unda soxtakorlik izlarini aniqlashgan. Shu bois Rossiya Ukrainaning Bucha shahridagi odamlar oʻlimiga bogʻliq har qanday ayblovlarni qatʼiyan rad etadi.
Yangiliklar lentasi
0