https://oz.sputniknews-uz.com/20220404/mb-9-apreldan-tolov-hujjatlariga-jismoniy-shaxslar-stir-orniga-jshshir-kiritishlari-kerak-23768951.html
MB: 9 apreldan toʻlov hujjatlariga jismoniy shaxslar STIR oʻrniga JSHSHIR kiritishlari kerak
MB: 9 apreldan toʻlov hujjatlariga jismoniy shaxslar STIR oʻrniga JSHSHIR kiritishlari kerak
Mijozlar banklarga taqdim etadigan toʻlov hujjatlarini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablarga doir normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirishlarda koʻzda tutilgan. Ularni joriy yil 9 apreliga qadar bosqichma-bosqich
2022-04-04T20:41+0500
2022-04-04T20:41+0500
2022-04-04T20:41+0500
iqtisod
markaziy bank
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/905/17/9051768_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_22fc8b975543053eced40f7bd541ea06.jpg
TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda 9 apreldan toʻlov hujjatlariga jismoniy shaxslar STIR oʻrniga JSHSHIRni kiritishlari kerak boʻlgan tartib kuchga kiradi. Bu haqda Markaziy bank (MB) ogohlantirish bilan chiqdi.Bu mijozlar banklarga taqdim etadigan toʻlov hujjatlarini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablarga doir normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirishlarda koʻzda tutilgan. Ularni joriy yil 9 apreliga qadar bosqichma-bosqich, undan soʻng toʻliq tatbiq etilishi rejalashtirilgan.Shu munosabat bilan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar (shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar) toʻlovni amalga oshirish maqsadida toʻlov hujjatlarini rasmiylashtirayotganda oʻzlarining JSHSHIRlari toʻgʻri va toʻliq kiritishlari zarur.MB barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar ham toʻlov talabnomalari va inkasso topshiriqnomalarini rasmiylashtirishda kontragentlar – jismoniy shaxslarning JSHSHIRlari toʻgʻri kiritilayotganiga eʼtiborli boʻlishlarini soʻragan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/905/17/9051768_66:0:1133:800_1920x0_80_0_0_a6f32cba85854a5f6682513bb7ebd607.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
markaziy bank
MB: 9 apreldan toʻlov hujjatlariga jismoniy shaxslar STIR oʻrniga JSHSHIR kiritishlari kerak
Bu toʻlov hujjatlarini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablarga doir normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirishlarda koʻzda tutilgan.
TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda 9 apreldan toʻlov hujjatlariga jismoniy shaxslar STIR oʻrniga JSHSHIRni kiritishlari kerak boʻlgan tartib kuchga kiradi. Bu haqda Markaziy bank (MB) ogohlantirish
bilan chiqdi. Bu mijozlar banklarga taqdim etadigan toʻlov hujjatlarini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablarga doir normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirishlarda koʻzda tutilgan. Ularni joriy yil 9 apreliga qadar bosqichma-bosqich, undan soʻng toʻliq tatbiq etilishi rejalashtirilgan.
Mazkur oʻzgartirishlar amaliyotga joriy qilingandan keyin barcha toʻlov hujjatlarida toʻlovchi – jismoniy shaxslarning STIRi (soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami) oʻrniga, toʻlov hujjatining “toʻlovchining identifikatsiya raqami” deb nomlangan rekvizitida ularning JSHSHIRi (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) koʻrsatilishi majburiy hisoblanadi.
Shu munosabat bilan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar (shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar) toʻlovni amalga oshirish maqsadida toʻlov hujjatlarini rasmiylashtirayotganda oʻzlarining JSHSHIRlari toʻgʻri va toʻliq kiritishlari zarur.
MB barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar ham toʻlov talabnomalari va inkasso topshiriqnomalarini rasmiylashtirishda kontragentlar – jismoniy shaxslarning JSHSHIRlari toʻgʻri kiritilayotganiga eʼtiborli boʻlishlarini soʻragan.