Madaniyat

Rosatom Oʻzbekistonda energetika sohasiga taalluqli boʻlmagan loyihalarni taqdim etadi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishForum-vыstavka "Goszakaz - Za chestnыe zakupki"
Forum-vыstavka Goszakaz - Za chestnыe zakupki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rosatom Oʻzbekistonda tibbiy buyumar va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini radiatsiya yordamida zararsizlantirish boʻyicha loyihalar amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. Bu yilgi "Innoprom" koʻrgazmasida Rosatom energetika sohasiga taaluqli boʻlmagan loyihalarni taqdim etadi. Bu haqida "Rusatom - Xalqaro tarmoq" korxonasi direktori Vadim Titov maʼlum qildi.
Titov aytishiga koʻra, Rosatom shamol elektr stantsiyalarini ham ishlab chiqaradi, lekin bu yil asosiy eʼtiborni energetikadan boshqa texnologiyalarga qaratadi.

Tibbiyot mahsulotlarini sterilizatsiya qilish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash uchun koʻp funktsiyali nurlanish markazlari loyihasini taqdim etishni rejalashtirmoqdamiz, - dedi Titov.

Ana shunday loyihalardan biri Oʻzbekistonda allaqachon ishga tushgan. Bu texnologiyalar hamkorlarimizga tibbiyotda ham, qishloq xoʻjaligida ham oʻz imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishga yordam bermoqda.Bu kelajakning xavfsiz texnologiyasidir.
Undan tashqari uglerod tolasi, suvni tozalashni, shahar infratuzilmasi raqamlashtirish sohalarida ham takliflarimiz bor. Rosatomning butun dunyo boʻylab mintaqaviy markazlarini boshqarishga oid loyihalar ham bor.
Oʻz nutqida Vadim Titov Rossiya va Oʻzbekistonning atom energetikasi sohasida uzoq yillik hamkorlik tajribasiga ega ekanini alohida taʼkidlab oʻtdi. Ushbu hamkorlik 1952 yilda Uchquduq uran oraliq koni ochilishi bilan birga boshlangan. Shundan soʻng Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy-tadqiqot reaktori qurilgan va u shu kunga qadar muvaffaqiyatli ishlamoqda. Ilmiy reaktor Rossiyadan olib kelinayotgan yoqilgʻida ishlaydi.
Undan tashqari Oʻzbekiston va Rossiya 2017 yilda atom energiyasidan foydalanish boʻyicha hamkorlik bitimi imzolagan, 2018 yilda esa atom elektr stantsiyasini qurish toʻgʻrisida bitim imzolandi.
Maʼlumot uchun, "Rusatom - Xalqaro tarmoq" - bu Rosatomning xalqaro mintaqaviy tarmogʻini rivojlantirishni taʼminlash boʻyicha tashkil etilgan xususiy muassasadir.
Kompaniyaning asosiy vazifalari Davlat korporatsiyasi boʻlinmalarining tashqi bozorlarda faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, biznesning yangi imkoniyatlarini izlash, Rossiya yadro sanoati korxonalarining mahsulotlari va xizmatlarini jahon bozorida ilgari surish.
Eslatib oʻtamiz, 25-27 aprel kunlari Toshkentda Rossiyaning Sanoat va savdo vazirligi hamda Oʻzbekistonning Investitsiyalar va savdo vazirliklari tomonidan tashkil qilinayotgan "Innoprom" xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Oʻtgan yili boʻlib oʻtgan "Innoprom" koʻrgazmasiga 10 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan va Oʻzbekistonning 14 ta hududi va 1000 dan ortiq korxonalari ishtirok etgan edi. Rossiya tomonidan esa 13 ta hududdan 300 ta kompaniya tashrif buyurgan edi.
Yangiliklar lentasi
0