Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Buchadagi vaziyatga aloqadorlik ayblovlarini qatʼiyan rad etadi – Peskov

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishZamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF, press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov pered nachalom press-konferentsii prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta Belorussii Aleksandra Lukashenko po itogam peregovorov v Moskve.
Zamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF, press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov pered nachalom press-konferentsii prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta Belorussii Aleksandra Lukashenko po itogam peregovorov v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Buchada tinch aholi murdalari aks etgan materiallarni navbatdagi igʻvo deb atagan edi.
TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Rossiya Ukrainaning Bucha shahridagi odamlar oʻlimiga bogʻliq har qanday ayblovlarni qatʼiyan rad etadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.
Peskov Rossiya Buchadagi vaziyat eng yuqorida darajada muhokama qilinishi tarafdori ekanini taʼkidladi.

“Biz bu mavzu eng yuqorida darajada muhokama qilishini kerak deb hisoblaymiz, shu bois bu mavzuni BMT Xavfsizlik kengashida koʻrib chiqish tashabbusini bildirdik. Bu tashabbus bloklanganini bilamiz”, - dedi Kreml vakili. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Peskov Ukraina tomonidan tarqatilgan video materiallarga ishonmaslik zarurligini taʼkidlagan. Rossiya Mudofaa vazirligi mutaxassislari unda soxtakorlik izlarini aniqlashgan.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina hukumati tomonidan taqdim etilgan goʻyoki Buchada Rossiya qoʻshinlari “jinoyatlarini” tasdiqlovchi materiallarni navbatdagi igʻvo deb atagan edi.
Taʼkidlanishicha, bu punktning Rossiya qoʻshinlari nazorati ostidan boʻlgan davrda hech bir mahalliy aholi biror bir zoʻravonlik harakatlaridan jabr koʻrmagan. Rossiya harbiylari bu shaharni 30 mart kuni tark etishgan – Moskva va Kiyevning Istanbuldagi muzokaralaridan bir kun oʻtib.
Qolaversa, 31 mart kuni Bucha shahri meri Anatoliy Fyodoruk oʻzining videomurojaatida shaharda rossiyalik harbiylar yoʻqligini tasdiqlagan. Qolaversa, koʻchalarda qoʻllari bogʻliq aholi otib oʻldirgani haqida hech nima demagan. Buchadagi “jinoyatlar guvohliklari” deb ataluvchi bu narsalar toʻrtinchi kunga kelib, shaharga UXX va Ukraina televideniyesi vakillari kelgan paytda paydo boʻlgani ajablanarli emas.
Qayd etilishicha, Kiyev rejimi tomonidan chop qilingan bu odamlar tanalari kamida toʻrt kun oʻtib qotib qolmagan, murdaga xos dogʻlarga ega emas, ular jarohatlaridagi qon ivib qolmagan.
“Buning hammasi Buchadagi bu foto va video kadrlar Kiyev rejimining Mariupoldagi tugʻruqxona hamda boshqa shaharlarda boʻlgani kabi Gʻarb OAVlari uchun navbatdagi uyushtirgan sahnasi ekanini rad qilib boʻlmas darajada isbotlaydi”, - deyilgandi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.
Vazirlik shaharning janub tomonlari doimiy ravishda Ukraina tomonidan oʻqqa tutib kelinganini eslatgan edi.
Yangiliklar lentasi
0