Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Tez fursatda vazn tashlash jigar tsirroziga olib kelishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Fotobankka oʻtishMeditsinskaya sestra podgotavlivayet lekarstvennыe preparatы
Meditsinskaya sestra podgotavlivayet lekarstvennыe preparatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Gastroenterolog Marchenko: oziq-ovqat mahsulotlarini cheklash jigar tsirroziga olib kelishi mumkin.
Jigar tsirrozi faqat muntazam alkogol isteʼmol qilishdan emas, balki vazn tashlashga boʻlgan urinishlardan ham kelib chiqadi.
Bu haqida shifokor-gastroenterolog Natalya Marchenko Sputnik radiosiga maʼlum qildi.
Koʻpchilikka yaxshi maʼlumki, spirtli ichimliklarni suisteʼmol qilish oʻta xavfli surunkali kasallik - jigar tsirroziga olib keladi. Biroq, boshqa biz bilmagan, oddiy sabablar ham bu kasallikka chalinish xavfini oshirishi mumkin. Koʻpchilik ortiqcha vazn tashlash niyatida bir qancha oziq-ovqat mahsulotlaridan oʻzini cheklaydi. Bu jigarga katta xavf tugʻdiradi.
“Agar tez fursatda ochlik yoki parhez bilan vazn tashlamoqchi boʻlsangiz, organizmdagi yogʻlar osonlikcha yoʻqolmaydi. Yogʻ tananing barcha hujayralaridan jigarga kiradi, u orqali oʻtishi kerak. Keskin va tezda vazn tashlaganda yogʻ jigarda toʻplana boshlaydi va undan chiqib ketishga ulgurmay qoladi. Bunday odamlarda vazn bir qaraganda kamaygandek koʻrinadi, biroq jigarga bir qancha qiyinchiliklar tugʻdiradi. Bu holat hatto jigar tsirroziga ham olib kelishi mumkin”, - deydi gastroenterolog.
Agar vazn juda ogʻir boʻlsa, tibbiy koʻriksiz ozishga harakat qilish mumkin emas. Faqat shifokor nazoratida vazn tashlash lozim.
“Agar katta vazn tashlamoqchi boʻlsangiz, avvalo tibbiy koʻrikdan oʻtishingiz kerak boʻladi, chunki ehtiyotsizlik va pala-partish rejimda jigarda muammolar paydo boʻlishi mumkin”,- deydi Marchenko.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, bir oyda toʻrt kilogramm vazn tashlash meʼyor hisoblanadi. Bu jigar uchun xavf tugʻdirmaydi.
Yangiliklar lentasi
0