Buchadagi "dahshatli yovuzlik": ruslarga qarshi so‘nggi omil

© REUTERS / Marko DjuricaPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy v Buche pod Kiyevom
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy v Buche pod Kiyevom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna bo‘lish
Urushda dahshatli voqelar shundoq ham ko‘p, lekin G‘arb o‘ta dahshatli sahnalarini izlab topib, unda Rossiyani ayblashga harakat qiladi. Bunday sahnalar aslida bo‘lmasa muammo emas - dekoratsiya va aktorlar yetarli. Maqsad - ruslar timsolini yovuzlashtirish. Tekshirilgan uslub.
Ukrainadagi harbiy harakatlarning qirqinchi kunida uzoq kutilgan voqea sodir bo‘ldi: “ruslarning bosib olingan hududlardagi vahshiyligi” tasvirlari tarqaldi. Yaqinda harbiylarimiz tashlab ketgan Bucha shahridan (Kiyev viloyatida) suratga olingan kadrlarda ko‘chalarda tinch aholi jasadlari, boshning orqa qismidan o‘qqa tutilgan, qo‘llari bog‘langan odamlar, o‘liklar ko‘milgan chuqurlar...
Rossiya harbiylari Buchani bir necha kun oldin tark etishgan edi va ular ketganidan so‘ng ham, shahar meri shahar ko‘chalarida yotgan o‘liklar haqida hech narsa xabar qilgani yo‘q edi. Biroq, bu hozir kimni qiziqtiradi, xuddi, Rossiya armiyasi ketganidan keyin Ukraina bo‘linmalari shaharga kirib, u yerda tozalash operatsiyasini o‘tkazgandek? Kim, qachon va kimni o‘ldirdi - bu hozir hech kimni qiziqtirmaydi.
Chunki Vladimir Zelenskiy shu zahotiyoq Rossiyani aybladi: “Bizning ona yerimizga o‘ta kuchli yovuzlik keldi. Qotillar. Jallodlar. Zo‘rlovchilar. O‘zlarini armiya deb atagan talonchilar.... Ular qasddan va bajonidil o‘ldirishgan... Chunki bizning zaminga kelgan ruslarning tabiati shunday. Boshqa hech qanday ish qo‘lidan kelmaydigan yaramaslar”.
Dahshatli kadrlar bir zumda G‘arb ommaviy axborot vositalarida keng tarqaldi. Jumladan, 1995-yilda yangi Srebrenitsada sodir bo‘lga va bir necha ming bosniyalik musulmonlar o‘ldirilishida serblar aybdor deb topilgani alohida ko‘rsatib o‘tildi. Bularning barchasi G‘arb siyosatchilarining keskin noroziliga sabab bo‘ldi. Berlinda yangi sanksiyalarni kiritishga da’vatlar yangradi. “Men rus armiyasini och qoldiraman”, deb bayonot berdi Boris Jonson.
Yevropa Komissiyasi tergovni boshlashini ma’lum qildi. Jo Bayden esa u Vladimir Putinni “harbiy jinoyatchi” deganida uni bekorga ayblashganini aytib da’vo qildi:
“U harbiy jinoyatchi. Lekin biz ma’lumot to‘plashimiz, Ukrainaga jangni davom ettirishi uchun qurol yetkazishimiz va urush sudida haqiqiy urush jinoyati bo‘lib chiqishi uchun barcha tafsilotlarni yig‘ishimiz kerak. Bu odam - vahshiy. Buchada sodir bo‘layotgan voqealar qo‘rqinchli. Va hamma buni ko‘rdi. Menimcha, bu urush jinoyati. Men yangi sanksiyalar e’lon qilishga harakat qilyapman, men ularni qo‘llashda davom etaman”.
Tabiiyki, polyaklar hammadan oshirib yubordi. Bosh vazir Moraveskiy Rossiyani totalitar-fashistik davlat, Buchada sodir bo‘lgan voqeani esa genotsid deb atadi:
“Rossiya jamiyatiga nisbatan qat’iy sanksiyalar qo‘llanilishi kerak: Rossiyaga viza berishni taqiqlash kerak, fashistik mamlakatdan qochishni istaganlar uchun gumanitar vizalar bundan mustasno. Biz nafaqat Putin, balki, uni saylagan va qo‘llab-quvvatlagan barchaga- “Yedinaya Rossiya” partiyasining hamma a’zolari, Putin partiyasiga sanksiyalar e’lon qildik. Biz Rossiya neft va gazidan - Rossiya ventilidan qutulishning radikal rejasini taklif qildik. Biz barcha Yevropa rahbarlarini chorlaymiz: buni imkon qadar tezroq qilinglar, qo‘rqmanglar!”
Mana muammo qayerda, shunday qilish kerakki, yevropalik yetakchilar Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llashdan qo‘rqmasligi kerak! Polsha bosh vaziri ochiqchasiga ularni qat’iyatsizlikda va ruslarga erk berib yuborganlikda qoraladi:
“Yevropada vaziyat juda oddiy. Hammasini sammitlarda ko‘rish mumkin. Germaniya hal qiluvchi sanksiyalar bo‘yicha asosiy tormoz...Makron janoblari, necha marotaba Putin bilan muzokara olib bordigiz? Nimaga erishdingiz? Qandaydir hodisalarning oldini oldingizmi? Jinoyatchilar bilan muzokaraga kelinmaydi, jinoyatchilarga qarshi kurashiladi”.
Ya’ni, nemislar va fransuzlar nihoyat jasorat to‘plashlari - va o‘z joniga qasd qilishlari kerak. Rossiyaning energiya manbalaridan tez fursatda voz kechish yana nimaga olib keladi, axir boshqa jiddiy sanksiyalar qolmadiku? Berlin va Parij o‘z iqtisodiyotini vayron qilishni xohlamaydi, xuddi o‘sha Makron Yevropaning anglo-sakslar qo‘lida to‘liq qo‘g‘irchoqqa aylanishini xohlamaganidek - demak ularning qarshiligini sindirish kerak, “rus iblislari” bilan har qanday savdo-sotiqdan voz kechish, ularni devor bilan o‘rab olish va har qanday holatda ham ularning G‘arbga yurishini to‘xtatishni talab qiladigan g‘azablangan jamoatchilikning fikriga bosim o‘tkazish yordamida ularni devor qilish va qanday bo‘lmasin ularning G‘arbga yurishini to‘xtashish kerak.
Axir, Zelenskiy nima haqida gapirapti? “Endi Rossiya davlatini shunday qabul qilishadi. Bu sizning yuzingiz. Siz ustiga bostirib kelgan ukrain yigitlari va ayollari bilan birga madaniyatingiz va insoniy ko‘rinishingiz ham halok bo‘ldi. Ya’ni, ruslarni insoniylikdan mahrum qilish jarayoni ketmoqda. Ruslar nafaqat Ukrainaga tahdid solmoqda, Zelenskiy aynan shu bilan o‘ynamoqda:
“Ukrain odamlarining standartlari bor. Rossiya bosqinchilarining ham standartlari bor. Bu yaxshilik va yomonlik. Bu Yevropa va hamma narsani parchalab, yutib yubormoqchi bo‘lgan qora tuynuk”
Boshqacha aytganda, endi ruslar odam emas, ular insoniy qiyofasini (yoki yashash huquqini) yo‘qotgan, Rossiya esa - qora tuynuk, Ukrainani va butun Yevropani yutib yubormoqchi bo‘lgan mutlaq yovuzlik. Buni Zelenskiy aytgan, Moraveskiy uni qo‘llab-quvvatlaydi va ular G‘arbiy yevropaliklarni bunday ta’birlarga qo‘shilishga majburlamoqchi. Mutlaq natsistlarning so‘zlari, lekin buni endi kim sezadi, kimni tashvishga soladi?
Ular Yevropa mustaqilligini va o‘zini himoya qilish tuyg‘usining so‘nggi qoldiqlaridan ham mahrum qilish uchun ular Yevropani yuragi yorilguncha qo‘rqitmoqchi. Biroq, tushunish kerakki G‘arb ham Yevropa ham so‘nggi qirq kunlik urush qurbonlarga mutlaqo befarq.
Ukrainada yigirma mingdan ortiq odam halok bo‘ldi - deyarli bir yarim ming harbiylarimiz va shuncha nafar DXR va LXR askarlari hamda Ukraina tomonidan yigirma mingga yaqin (shu jumladan mingga yaqin tinch aholi ham). Ya’ni, bu fuqarolar urushi va bu fuqarolik urushi, garchi ikki davlat o‘rtasidagi mojaro ko‘rinishida bo‘lsa ham, ikki tomonda ham juda ko‘p ruslarning qoni to‘qilmoqda (aynan ruslarning qoni ikki tomonda ham to‘kilmoqda). Bu ruslar uchun haqiqiy fojia.
Nahotki siz haqiqatdan ham G‘arb biz kabi motam tutadi deb o‘ylasangiz? Yoki Rossiyaga qarshi kurashda Ukrainadan foydalanganidan, NATOga a’zo bo‘lish orqali bizni provokatsiya qilganidan, Rossiyaga qarshi kurashni tarbiyalaganidan afsuslanadimi? Albatta, yo‘q va bu faqat geosiyosiy sabablarga ko‘ra emas. Shunchaki, anglo-sakslar uchun ruslar iroqlik yoki yamanlik, somalilik yoki afg‘onga o‘xshaydi. Ya’ni, ikkinchi navdagi odamlar, ular orasida hech kim qurbonlarni hisoblamaydi (shu jumladan, G‘arbning “demokratik aralashuvi” oqibatida sodir bo‘lganlar ham). Faqat bitta farq bilan: ruslar yaqin va ular oq tanli. “ukraincha” versiyasida - ommaviy ravishda Yevropaga qochqin bo‘lmoqda, oq bo‘lmagan oldingi qochqinlar va mahalliy aholining noroziligiga duchor bo‘lib.
Shu bilan birga, G‘arb nafaqat Rossiyani shaytonga aylantirib qo‘ydi, balki uning xalqini insoniylikdan judo qildi: shaytonning, ya’ni Putinning xizmatkorlari dushman, dunyoga tahdid. Yevropaliklar bunga o‘rganib qolgan, chunki ular yuz yillar davomida rusofobiya bilan oziqlangan. Shu sababli, “Buchadagi rus qurbonlari” lavhalari paydo bo‘lishi mumkin emas edi. Aynan mana shu qiyofamizni G‘arb kutmoqda, oxir-oqibat o‘z to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi uchun unga bu kerak.
Bu allaqachon ortiqchadek tuyuladi, chunki bizga qarshi dushmanlikni qo‘zg‘atish uchun allaqachon yetarli sabablar bor: biz harbiy harakatlarni boshladik, biz harbiy obyektlarni bombardimon qildik, lekin shu bilan birga, afsuski, tinch aholi muqarrar ravishda halok bo‘lmoqda, bosib olingan shaharlarda partizanlikka va qo‘poruvchilikka urinishlar bo‘lgan. Biznikilar bunga qarshi jim turmaydi, albatta. Mariupolga hujum paytida tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlar bor. Shuning o‘zi yetarli bo‘lmagandek, yana ataylab - tug‘ruqxonaga, yerto‘lalarda minglab odamlar bo‘lgan teatrga “hujumlar”, turar-joylarni ataylab “o‘qqa tutishni” to‘qib chiqarish kerakku.
Mana, Bucha- ko‘chalarda jasadlar yotibdi. Ularni kim o‘ldirdi? “Albatta, ruslar”, ularning ukrain otradlari tomonidan shaharga qaytib kelgan va kollaboratsionistlar, ya’ni rus armiyasiga shunchaki yordam qilgan yoki muloqot qilgan qurbonlar bo‘lishi ehtimoli ko‘proq. Ammo buni G‘arbga tushuntirish befoyda: u “rus vahshiylari va qotillari”ga bo‘lgan ishonchining tasdiqlanishini istaydi va baribir bunga erishadi.
Ukrainada tinch aholi bilan qanday munosabatda bo‘lishimizdan qat’i nazar, G‘arb bizni “vahshiy”ga aylantiradi. Buni tushunishimiz kerak. Biz uchun bu fuqarolik, G‘arb uchun esa bu o‘z aholisini bizga qarshi kurashishga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan “rus qonxo‘ri” ning eski tanish qiyofasini qaytarishdir. Ilgari XIX va XX-asrlarda safarbarlik jang maydoniga bo‘lsa, endilikda “rus vahshiyliklarini” to‘xtatish uchun belbog‘ini mahkam bog‘lash zarurligini asoslab, iqtisodiy kurashga safarbar etishmoqda.
Buni anglaganimizdan so‘ng, G‘arbning biz haqimizda aytayotganlariga befarq bo‘lib qolamiz. Bu bizning ichki urushimiz, fuqarolik urushi va biz o‘n yillar davomida G‘arbga qarab, unga havas qilganimiz uchun jazo. O‘tgan davr mobaynida G‘arb jamiyatimiz va elitamiz orasida o‘z millatiga qarshi bo‘lgan qatlamlar shaklantirdi, bizdan tasodifan ajralib qolgan Ukrainani, bizga qarshi charxlab va abadiy dushmanga aylantirishga harakat qilgani tufayli biz bugun mana shu yerga kelib qoldik.
Afsuski, yana qon ko‘p to‘kiladi, bizning qonimiz, lekin biz uni nima uchun to‘kayotganimizni yaxshi bilamiz. Boshqa hech qachon, yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat’iy nazar, birovning fikriga muhtoj bo‘lmaslik uchun. Jumladan birovning yolg‘onlariga ham muhtoj bo‘lmaslik uchun. Ularning kim tomonidan va nima maqsadda to‘qib chiqarilishidan qat’iy nazar. Qora tuynuk haqiqatan ham Yevropaga tahdid solmoqda - faqat u Yevorpani ruslarni “insoniylikdan mahrum qilganidan” so‘ng yutib yuborishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0