Jamiyat

Davlat arxividan onlayn tarzda qanday maʼlumotlarni olish mumkin?

© Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishDistantsionnoye obucheniye shkolnikov
Distantsionnoye obucheniye shkolnikov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yagona portal va uning mobil ilovasida “Mavzuli soʻrovlarni ijro etish” pullik xizmati ishga tushdi
TOSHKENT, 5 aprel — Sputnik. Yagona portal (my.gov.uz) va uning mobil ilovasida “Mavzuli soʻrovlarni ijro etish” nomli xizmat joriy etildi. Bu haqida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar bermoqda.
Endilikda my.gov.uzda ushbu xizmat yer va uy-joy ajratish, xususiylashtirish, aholi va tadbirkorlik masalalari boʻyicha hokimlik qarorlari, turarjoy, meros, vorislik, 1941-1945 yillarda Oʻzbekistonga evakuatsiya qilingan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni olsa boʻladi.
Xizmatlardan foydalanish pullik.
Alohida faktlar, voqealar, maʼlumotlarni aniqlash (tasdiqlash) – 135000 soʻm;
Turarjoylar boʻyicha maʼlumotnomalar tayyorlash – 135000 soʻm;
Mulk huquqini aniqlash (tasdiqlash) boʻyicha soʻrovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish – 135000 soʻm;
Evakuatsiyani aniqlash (tasdiqlash) boʻyicha soʻrovlarning arxiv maʼlumotnomasini berish – 270000 soʻm.
Xabarda yozilishicha, agar fuqarolar xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanishsa 10 foiz chegirma beriladi.
Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi.
Maʼlumot oʻrnida, ushbu partal orqali ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini ham onlayn olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0