https://sputniknews-uz.com/20220405/it-soha-mutaxassislari-uchun-imtiyozlar-kuchga-kirdi-23778942.html
IT soha mutaxassislari uchun imtiyozlar kuchga kirdi
IT soha mutaxassislari uchun imtiyozlar kuchga kirdi
Oʻzbekistonda xorijdan IT-soha mutaxassislarini tez va oson qabul qilish, ularga yuridik va tashkiliy xizmatlarda yordam koʻrsatish, ular uchun soliqlarini kamaytirish... 05.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-05T12:57+0500
2022-04-05T12:57+0500
2022-04-05T12:57+0500
iqtisod
axborot texnologiyalari (it)
imtiyoz
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/501/60/5016015_0:1:1200:676_1920x0_80_0_0_be2c7f0abd609148988b72b834441ad5.jpg
TOSHKENT, 5 aprel — Sputnik. Oʻzbekistonda 1 apreldan axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari uchun qator imtiyoz va preferensiyalar joriy etiladi. Bu haqida IT Park matbuot xizmati xabar bermoqda. IT-Visa Axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari va investorlar, shuningdek, IT Park rezidentlarining xorijiy taʼsischilari uchun uchun IT-visa joriy etilmoqda. Viza 3 yil muddatga beriladi. Ushbu muddat davomida Oʻzbekiston chegaralari doirasida harakatlanish mumkin. Shuningdek, viza egalari soddalashtirilgan tartibdagi yashash uchun ruxsatnomaga hamda Oʻzbekiston fuqarolari bilan teng ijtimoiy huquqlarga (tibbiyot va taʼlim) ega boʻladilar. IT-Visa ga ega boʻlish uchun ITPark tomonidan taqdim etiladigan tavsiyanoma zarur.Dividend toʻlovlar Endilikda IT Park rezidentlarining xorijiy taʼsischilari dividendlari uchun soliq stavkasi 5 % etib belgilandi, ushbu stavka avvalroq 10 %ni tashkil qilardi.Chet el valyutasida toʻlovlar. IT Park rezidentlariga ish/xizmatlar eksporti tushumlari doirasida dividendlar va ish haqini xorijiy taʼsischilari/mutaxassislari debet kartalariga xorijiy valyutada toʻlashlariga ruxsat etiladi.Virtual ofis IT Park rezidentlari uchun ofis maydoniga ega boʻlish talabi bekor qilindi. Endilikda rezidentlar IT Park direktsiyasi bilan shartnoma tuzishlari mumkin. Xizmatning minimal narxi oyiga 300 ming soʻmni tashkil qiladi. Xizmatlarga yuridik manzil (pochta manzili) ijarasi, aloqa markazi, yozishmalarni qayta ishlash va boshqalar kiradi.Virtual ofis uchun shartnoma kompaniyani ofisning yoʻqligi sababli soliq xavfi yuqori subʼyekt toifasiga kiritish uchun asos boʻla olmaydi.Tashkiliy va yuridik koʻmaklar Xorijiy mutaxassislarni ishga joylashtirishning soddalashtirilgan tartibi. Endilikda IT Park rezidentlariga chet ellik mutaxassislar uchun ishlash huquqini tasdiqlovchi hujjat talab etilmaydi. Ishga joylashish uchun PINFL kifoya.Shuningdek, relokatsiya dasturi doirasida IT Park tomonidan kompaniyalarga quyidagi masalalarda koʻmak beriladi:IT-mutaxassislariga quyidagi masalalarda ham yordam koʻrsatiladi:Xabarda aytilishicha, IT -mutaxassislari va ularning oila aʼzolari uchun Toshkent shahriga koʻnikish oson kechishida koʻmaklashish maqsadida axborot-qoʻllanma ishlab chiqildi. Unda barcha kerakli maʼlumotlarni topish mumkin.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/501/60/5016015_150:0:1051:676_1920x0_80_0_0_d2b07d03c5fc236b70e670044e0752c7.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
axborot texnologiyalari (it), imtiyoz
IT soha mutaxassislari uchun imtiyozlar kuchga kirdi
Oʻzbekistonda xorijdan IT-soha mutaxassislarini tez va oson qabul qilish, ularga yuridik va tashkiliy xizmatlarda yordam koʻrsatish, ular uchun soliqlarini kamaytirish kabi imtiyozlar qonuniylashtirildi.
TOSHKENT, 5 aprel — Sputnik. Oʻzbekistonda 1 apreldan axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari uchun qator imtiyoz va preferensiyalar joriy etiladi. Bu haqida IT Park matbuot xizmati
xabar bermoqda.
IT-Visa
Axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari va investorlar, shuningdek, IT Park rezidentlarining xorijiy taʼsischilari uchun uchun IT-visa joriy etilmoqda.
Viza 3 yil muddatga beriladi. Ushbu muddat davomida Oʻzbekiston chegaralari doirasida harakatlanish mumkin. Shuningdek, viza egalari soddalashtirilgan tartibdagi yashash uchun ruxsatnomaga hamda Oʻzbekiston fuqarolari bilan teng ijtimoiy huquqlarga (tibbiyot va taʼlim) ega boʻladilar. IT-Visa ga ega boʻlish uchun ITPark tomonidan taqdim etiladigan tavsiyanoma zarur.
Dividend toʻlovlar
Endilikda IT Park rezidentlarining xorijiy taʼsischilari dividendlari uchun soliq stavkasi 5 % etib belgilandi, ushbu stavka avvalroq 10 %ni tashkil qilardi.
Chet el valyutasida toʻlovlar. IT Park rezidentlariga ish/xizmatlar eksporti tushumlari doirasida dividendlar va ish haqini xorijiy taʼsischilari/mutaxassislari debet kartalariga xorijiy valyutada toʻlashlariga ruxsat etiladi.
IT Park rezidentlari uchun ofis maydoniga ega boʻlish talabi bekor qilindi. Endilikda rezidentlar IT Park direktsiyasi bilan shartnoma tuzishlari mumkin. Xizmatning minimal narxi oyiga 300 ming soʻmni tashkil qiladi. Xizmatlarga yuridik manzil (pochta manzili) ijarasi, aloqa markazi, yozishmalarni qayta ishlash va boshqalar kiradi.
Virtual ofis uchun shartnoma kompaniyani ofisning yoʻqligi sababli soliq xavfi yuqori subʼyekt toifasiga kiritish uchun asos boʻla olmaydi.
Tashkiliy va yuridik koʻmaklar
Xorijiy mutaxassislarni ishga joylashtirishning soddalashtirilgan tartibi. Endilikda IT Park rezidentlariga chet ellik mutaxassislar uchun ishlash huquqini tasdiqlovchi hujjat talab etilmaydi. Ishga joylashish uchun PINFL kifoya.
Shuningdek, relokatsiya dasturi doirasida IT Park tomonidan kompaniyalarga quyidagi masalalarda koʻmak beriladi:
Yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazish;
Bank hisob raqamini ochish;
Soliq organlarida roʻyxatdan oʻtish;
IT-mutaxassislariga quyidagi masalalarda ham yordam koʻrsatiladi:
IT Park rezident kompaniyalarida ishga joylashish;
Tibbiy sugʻurtani roʻyxatdan oʻtkazish;
Bank hisob raqamini ochish;
Hujjatlarni rasmiylashtirish;
Bolalarni maktab va maktabgacha taʼlim muassasalariga joylashtirish.
Xabarda aytilishicha, IT -mutaxassislari va ularning oila aʼzolari uchun Toshkent shahriga koʻnikish oson kechishida koʻmaklashish maqsadida
axborot-qoʻllanma ishlab chiqildi. Unda barcha kerakli maʼlumotlarni topish mumkin.