Jamiyat

Maishiy texnikalarni majburiy markirovkalash apreldan boshlanadi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Fotobankka oʻtishSet magazinov "Eldorado" provela rebrending
Set magazinov Eldorado provela rebrending  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
15 apreldan boshlab changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovutgich, televizor va monitor majburiy raqamli markirovkalanadi.
TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. 2 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Markirovkalashni boshlash muddatlari va mahsulotlar turlari guruhlar boʻyicha quyidagicha belgilanadi:
birinchi guruh – changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovutgich va muzlatgich, televizor va monitor – 2022 yil 15 apreldan boshlab;
ikkinchi guruh – maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitgich – 1 avgustdan boshlab;
uchinchi guruh – suv isitish qozonlari, konditsioner, oʻrnatilgan elektr motorli maishiy texnika (sok chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, goʻsht maydalagich), barcha tur lampalar – 1 noyabrdan boshlab joriy qilinadi.
Oʻzbekistonda “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimini yoʻlga qoʻyish taʼminlangan. Bunda “CRPT TURON” MCHJ mazkur tizimning operatori sifatida belgilangan.

Oʻzbekistonda 2021 yilning 1 yanvaridan tamaki va alkogol, shu jumladan pivo mahsulotlarini raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish boshlangan. Shuningdek, yirik pivo zavodlarida markirovkalangan mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
Yangiliklar lentasi
0