Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Qanday dorilar allergiya qo‘zg‘ashi mumkin

© Sputnik / Ivan Makeyev / Mediabankka o‘tishDevushka straxivayet s sebya topoliniy pux
Devushka straxivayet s sebya topoliniy pux - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna bo‘lish
Shifokor qanday dorilar allergiya qo‘zg‘ashi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.
Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori, professor Ilmira Razikova Allergiya qo‘zg‘atuvchi preparatlar reytingida antibiotiklar yetakchilik qilishini ma’lum qildi.
“β-laktamlar guruhiga mansub penitsillin, amoksitsillin, sefazolin, sefotaksim kabi antibakterial vositalar hamda sulfanilamidlar tarkibiga kiruvchi sulfadiazin, sulfadoksin singari preparatlar shular jumlasidan”, - deydi shifokor.
Ikkinchi o‘rinda steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dorilarni keltirish mumkin. Deyarli barcha og‘riq qoldiruvchi va antipiretik vositalar shu guruhga kiradi.
Qolaversa, mahalliy anestetiklar — novokain, lidokain va boshqalar ko‘pincha allergiyani keltirib chiqaradi. Tarkibida yod moddasi mavjud dorilar ham keng tarqalgan allergenlar hisoblanadi.
Shifokorning ta’kidlashicha, dori allergiyasi odatda to‘satdan boshlanadi va inson hayoti hamda salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Anafilaktik shok, toksikoallergiya, Layella va Stivens-Djonson sindromini bunga misol qilib keltirish mumkin.
Ko‘pincha dori allergiyasi alomatlari toshmalar, eshakemi, angionevrotik shish bilan namoyon bo‘ladi. Bir turdagi preparatning takroriy qabul qilinishi dermatitga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, ayrim hollarda tana harorati ko‘tarilishi kuzatiladi.
Dorilarga allergiya ularni takroriy qabul qilish tufayli rivojlanadi. Masalan, bir vaqtning o‘zida mikroblarga qarshi bir necha preparatlarni ichish xastalikni kuchaytirib yuborishi ehtimoli mavjud.
Shu o‘rinda allergiya nafaqat dorilar, balki ularga qo‘shiladigan turli bo‘yoq va aromatizatorlarga nisbatan ham paydo bo‘lishini unutmaslik lozim.
Dorilarga allergiya nafas yo‘llari kasalliklarini ham keltirib chiqarishi mumkin. Hatto u qon tarkibida leykotsitlar soni kamayishi, kamqonlikka sabab bo‘lishi xavfi mavjud. Ba’zida buyrak, yurak, qon tomirlari va taloq shikastlanishi ham dori allergiyasi oqibatida sodir bo‘ladi. Shunday ekan, dorilarni, albatta, shifokor tavsiyasi bilan iste’mol qilish zarur.
Yangiliklar lentasi
0