Kolumnistlar

Rossiyaga qarshi sanktsiyalar dollarga xavf solmoqda - XVJ

© Sputnik / Aleksey SuxorukovBanknotы nominalom 1 dollar SSHA.
Banknotы nominalom 1 dollar SSHA. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Dollarning sanktsiya quroliga aylantirishning yakuniy natijasi - uning qadrsizlanishi boʻladi" - Bank of America.
TOSHKENT, 5 apr - Sputnik. Rossiyaga qarshi sanktsiyalar dollarning dunyoning asosiy zaxira valyutasi sifatidagi roliga putur etkazishi mumkin, AQSH davlat qarziga ham tahdidlar mavjud, degan xulosaga keldi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi.
Dunyo uzoq vaqtdan beri dollarga muqobil moliyaviy tizimga moyil boʻlib kelmoqda. Rossiyaga qilingan iqtisodiy hujum bu jarayonlarni tezlashtirdi.Keyingi voqealar qanday rivojlanishi mumkinligi haqida - RIA Novosti materialida.

Bumerang effekti

Amerikaliklar dunyoning istalgan nuqtasida oʻz siyosiy maqsadiga erishish uchun sanktsiyalardan foydalanib kelishmoqda. Ular bunga qodir, chunki dunyoning asosiy zaxira valyutasiga ega boʻlgan davlat boshqalar uchugn tashqi savdoni cheklashda keng imkoniyatlarga ega.
Ammo bumerang effekti ham mavjud. Oʻtgan yili AQSH Kongressining tadqiqot xizmati bunga eʼtibor qaratishga harakat qildi. Sanktsiyaga uchragan davlatlar dollarga qaramlikni kamaytirish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishlarni qilmoqda.
Bu xabar deyarli eʼtibordan chetda qoldi va Rossiyaning Ukrainada harbiy maxsus operatsiyasi boshlanganidan keyin Vashington bu borada aql chegaralarini kesib oʻtdi va jiddiy muammolarga duch keldi.
XVJ bu haqida signal bermoqda. Dollarga asoslangan xalqaro valyuta tizimi parchalanishi tahdidi ostida. Hozir ushbu jarayon keskin tezlashdi.
XVJ boshqaruvchi direktorining birinchi oʻrinbosari Gita Gopinath taʼkidlaganidek, bir-biri bilan savdo qiluvchi mamlakatlarning oʻzaro birlashib valyuta bloklari tashkil qilishmoqda va oqibatda xalqaro hisob-kitoblarda dollar ulushi qisqarmoqda.
Uning xulosasiga koʻra, oxir-oqibat dunyoda uchta valyuta tizimi paydo boʻladi: dollar, yevro va ehtimol, yuan. 30-40 yil oldin ham Amerika puli tranzaktsiyalarning 70% dan ortigʻini tashkil qilar edi. Mintaqaviy valyutalar esa juda zaif va unchalik qiziq emas edi. Hozir esa vaziyat boshqacha. SWIFT maʼlumotlariga koʻra, jahon savdosida toʻlovlarning 39,92 foizi dollarda, 36,65% - yevroda, 6,3% - ingliz funtida amalga oshirilgan.
2020 yil yanvar oyida toʻrtinchi oʻrinni 3,32% savdo yapon iyenasiga toʻgʻri kelgan. Hozir esa Xitoy yuani esa - 3,2%ni tashkil qilmoqda. Birinchi oʻntalikka shuningdek Kanada, Avstraliya, Gonkong, Singapur dollari va Tailand bati ham kirdi.
2019 yildan boshlab Yevropa Ittifoqi “Yevropa iqtisodiy oʻyinchilari va Eron oʻrtasidagi qonuniy tijorat operatsiyalarini soddalashtirish” va Tehron bilan savdoni AQSH moliya tizimini chetlab oʻtish imkonini beruvchi INSTEX mexanizmidan foydalanmoqda. Oʻzaro savdoda puldan foydalanmaslik uchun INSTEX kredit ballaridan foydalanadi.
2016 yilda yuan Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasining zaxira valyutasiga aylandi, birinchi marta rivojlanayotgan davlat valyutasi bunday sharafga sazovor boʻldi. Bu Xitoyning keng koʻlamli xalqaro “Bir kamar, bir yoʻl” dasturining natijasidir. Keyingi muhim qadam - Shanxay birjasida Xitoy valyutasida denominatsiyalangan neft fyucherslari savdosining boshlanishi boʻldi. Toʻgʻri, yuanning kengayishiga erkin konvertatsiyaning yoʻqligi, beqarorlik va noaniq moliyaviy tizim toʻsqinlik qilmoqda.
Raqamli yuan ham mavjud boʻlib, u bilan hisob-kitoblar Amerika SVIFT va CHIPS tizimlariga qaraganda tezroq amalga oshiriladi. Va “Bir kamar, bir yoʻl” loyihasi doirasida bu ishtirokchi mamlakatlarni Vashington sanktsiyalaridan himoya qilishi mumkin.
Financial Times yozishicha, hozirgi geosiyosiy keskinliklar raqamli moliya – kriptovalyutalar va stabilkoinlarni va markaziy banklar tomonidan chiqarilgan raqamli pullarni ham faol qabul qilish uchun turtki boʻlib xizmat qiladi.

Hammaning oʻz puli bor

Hozircha milliy valyutalar dollarga nisbatan eng oddiy va mantiqiy muqobil koʻrinadi. Agar 2015 yilda Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi bitimlarning deyarli 90 foizi dollarda boʻlgan boʻlsa, 2020 yilda - 46 foiz. Xitoy milliy valyutasi va yevrodagi hisob-kitoblar esa tarixiy eng yuqori darajaga koʻtarildi - mos ravishda 24 va 30%.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YEOII) savdoda rubl ustunlik qiladi, uning ulushi uchdan ikki qismidan koʻproqni tashkil qiladi. Rossiyaning Belarus bilan tovar aylanmasi uchun bu koʻrsatkich 82 foizni, Qozogʻiston bilan – 63 foizni, Qirgʻiziston bilan – 58 foizni tashkil etadi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazev RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida taʼkidlaganidek, rubl uchun bu chegara emas. Uning soʻzlariga koʻra, YEOII davlatlarining oʻzaro hisob-kitoblarida milliy valyutalar ulushini yanada oshirish iqtisodiy munosabatlarning chuqurlashishi, savdo tuzilmasi va uni diversifikatsiya qilish darajasiga bogʻliq.

Dollar zaxiradan chiqariladi

Milliy valyutalarda oʻzaro hisob-kitoblarga oʻtish XVF tomonidan dollar uchun noxush tendentsiya sifatida baholandi.
"Odatda, davlatlar oʻz zahira mablagʻlarini dunyoning qolgan qismi bilan savdo qiladigan va boshqalardan qarz oladigan valyutalarda toʻplashga moyil. Tez orada biz zaxira aktivlari tarkibi qanday oʻzgarishini koʻramiz", deb taʼkidladi Gita Gopinat.
Oxirgi yigirma yil ichida dollarning xalqaro zaxiralardagi ulushi 70 foizdan 60 foizgacha pasaygan. Sababi - boshqa valyutalar rolining kuchayishi. Dollarning chorak qismining oʻrnini Xitoy yuanini "egalladi".
Buning yana bir jihati bor. Sanktsiya bosimi ortib borayotgan Vashington aslida dollardan moliyaviy qurol sifatida foydalanmoqda. Bu qolganlar uchun belgi boʻlmoqda: Amerika aktivlari ishonchsiz, diversifikatsiya qilish kerak.
Shuni taʼkidlash kerakki, Rossiya AQShning deyarli barcha davlat qarzlarini oldindan sotib yubordi. Dollarning sanktsiya quroliga aylantirishning yakuniy natijasi - uning qadrsizlanishi boʻladi, deb bashorat qilmoqda Bank of America.
Yangiliklar lentasi
0