Sog‘liqni saqlash, ta’lim va bank sohalari hamon eng korrupsiyalashgan sohaligicha qolmoqda

© Pexels / Karolina Grabowska Vzatka
Vzatka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘tgan yili 2020-yilga nisbatan javobgarlikka tortilgan shaxslar va sud organlariga yuborilgan ishlar o‘rtacha 3 baravar oshgan.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, ta’lim va bank sohalari hamon eng korrupsiyalashgan sohaligicha qolmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatida bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida korrupsiyaga oid jinoyatlarni ochish darajasi oshdi. Misol uchun, o‘tgan yili 2020-yilga nisbatan javobgarlikka tortilgan shaxslar va sud organlariga yuborilgan ishlar o‘rtacha 3 baravar oshdi. Har yili korrupsiya jinoyatlari natijasida davlatga yetkazilgan moddiy zarar undirilmoqda.
“Sog‘liqni saqlash, ta’lim va bank sohalari hamon eng korrupsiyalashgan sohaligicha qolmoqda”, - deyilgan xabarda.
Majlis ishtirokchilari ushbu sohalardagi qonun hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazishga ham alohida e’tibor qaratdi. Korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari ko‘ra, davlat xaridlari va sog‘liqni saqlash sohasidagi 25 ta normativ-huquqiy hujjatda 87 ta korrupsiya omili mavjud.
So‘rovda qatnashganlarning 81 foizi korrupsiya haqida xabar berishga tayyorligini bildirdi
Majlis doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlar faoliyatini kuchaytirish, ularni axborot, maslahat va uslubiy qo‘llab-quvvatlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida reyting baholash tizimi joriy etiladi
Yangiliklar lentasi
0