Jamiyat

“UzAirways” ikki yillik tanaffusdan soʻng Parijga parvozlarni tiklaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBoeing 757 uzbekskix avialiniy
Boeing 757 uzbekskix avialiniy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Frantsiya poytaxtiga parvozlar 2022 yil 29 aprelidan boshlab 10 iyungacha haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Ikki yillik tanaffusdan soʻng Toshkent—Parij—Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlar tiklanmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar qildi.
Aviakompaniya xabariga koʻra, parvozlar 29 apreldan 10 iyunga qadar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston koronavirusning kirib kelishi oldini olish maqsadida 2020 yilning mart oyida Yevropaning qator davlatlari, jumladan, Frantsiya bilan aviaqatnovlarni vaqtincha toʻxtatgan edi.
Shavkat Mirziyoyev tranzit yoʻlovchilar oqimini oshirishni topshirdi
Yangiliklar lentasi
0