Jamiyat

“Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” jamgʻarmasi tashkil etiladi

© AFP / VYACHESLAV OSELEDKOSituatsiya pered vыborami prezidenta Uzbekistana
Situatsiya pered vыborami prezidenta Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Prezident qarori bilan jamgʻarma mablagʻlari nima uchun maqsadli sarflanishi belgilab qoʻyilgan.
TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. 2022 yil 5 apreldan boshlab Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi tashkil etiladi. Bu prezident 2022 yil 4 aprel kuni imzolagan tegishli qarorda belgilab qoʻyilgan.
Jamgʻarma mablagʻlari yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari, ularning ehtiyot qismlari, oʻrnatish uchun belgilangan konstruktsiya va qurilish materiallari hamda maxsus boʻyoqlarini xarid qilish uchun maqsadli sarflanadi.
Shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalarida yoʻl chiziqlarini chizish, yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini oʻrnatish, almashtirish, saqlash, demontaj qilish va ularga texnik xizmat koʻrsatishni moliyalashtiradi.
Pullar maktabgacha taʼlim hamda xalq taʼlimi vazirliklariga qarashli maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarida yoʻl harakati qoidalari boʻyicha boshlangʻich bilimlarni shakllantirishga qaratilgan moddiy-texnik va oʻquv bazasini yaratishga sarflanadi.
Hokimliklarga yoʻllarda radarlar oʻrnatish huquqi berildi
Shuningdek, jamgʻarma mahallalarda bolalarga yoʻl harakati qoidalarini amaliy oʻrgatish maydonchalariga yoʻl belgilarini oʻrnatish va yoʻl chiziqlarini chizish chora-tadbirlarini moliyalashtiradi.
Jamgʻarma mablagʻlari yoʻl harakatini tashkil etish sohasida undiriladigan jarima, olinadigan yigʻim va toʻlovlarining ayrim miqdori, davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar ajratadigan grantlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya tarzidagi mablagʻlari bilan shakllantiriladi.
Xalqaro moliyaviy institutlar va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar ham jamgʻarma manbalari boʻlishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0