Yo‘llar harakat xavfsizligiga qarab uch rangdagi toifalarga ajratiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStrana belix avtomobiley. Beliy svet bolshe otrajayet svet i menshe nagrevayetsya
Strana belix avtomobiley. Beliy svet bolshe otrajayet svet i menshe nagrevayetsya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna bo‘lish
Hududlar yo‘llarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati ko‘ra "yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga ajratiladi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. 2022 yil 1-iyuldan boshlab, respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida "Xavfsiz yo‘l" indeksini yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Bu prezident imzolagan “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda nazarda tutilgan.
Indeks doirasida yo‘l infratuzilmasi va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishining holati maxsus komissiyalar tomonidan 29 ta indikator bo‘yicha har chorak yakunida baholab boriladi.
Tuman (shahar)lar indeks ko‘rsatkichlari asosida yo‘llarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati ko‘ra "yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga ajratiladi.
Indeksni yuritish vazifasi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari zimmasiga yuklanadi.
Hukumat ikki oy muddatda yetakchi ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda, indeksni yuritish metodologiyasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlashi kerak.
Bundan tashqari, bosh vazir raisligida Yo‘l harakati xavfsizligini (YHX) ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi va uning hududiy maxsus komissiyalari tuziladi.
Maxsus komissiyalarning asosiy vazifalar:
YHX sohasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini ishonchli himoya qilish, yo‘l infratuzilmasining xavfsizlik talablariga to‘liq javob berishini ta’minlash.
hududlarda yo‘l harakatini samarali tashkil etish holatini muntazam ravishda baholab borish, ushbu sohada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning samarali faoliyat ko‘rsatishini nazorat qilish;
yo‘l-transport hodisalari sabablarini chuqur o‘rganish, yo‘llarning xavfli avariya uchastkalari ro‘yxatini tasdiqlash orqali kelgusida ularning oldini olish yuzasidan ilmiy asoslantirilgan takliflar tayyorlash tizimini yaratish;
YHX ta’minlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, inson omili va korrupsiya holatlarini istisno etuvchi avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini ommalashtirishga doir tadbirlarni belgilash;
hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, yo‘l-transport hodisalarining sonini qisqartirish bo‘yicha dasturlar loyihalari ishlab chiqilishini tashkillashtirish va kelishish.
Komissiya har chorakda davlat organlari va mahalliy hokimliklar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni, mavjud kamchiliklarni tanqidiy muhokama qiladi va tegishli choralar ko‘radi.
Har yili mahalliy hokimliklarning o‘z hududlarida avtomobil yo‘llari infratuzilmasini takomillashtirish va yo‘l-transport hodisalarini keskin kamaytirish bo‘yicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi manzilli chora-tadbirlarini o‘z ichiga olgan “yo‘l xarita”larini tasdiqlab, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat olib boradi.
Yangiliklar lentasi
0