https://oz.sputniknews-uz.com/20220406/chilonzordagi-zapravkada-toksik-moddadan-zaharlanib-hushini-yoqotgan-ishchilar-qutqarildi-23802292.html
Chilonzordagi “zapravka”da toksik moddadan zaharlanib, hushini yoʻqotgan ishchilar qutqarildi
Chilonzordagi “zapravka”da toksik moddadan zaharlanib, hushini yoʻqotgan ishchilar qutqarildi
Ishchilar AYOQSH hududi yer ostiga koʻmilgan benzin yoqilgʻisi saqlanayotgan tsisternalar orasida yigʻilib qolgan yengil yonuvchan suyuqlikning kuchli kontsentratsiyasidan... 06.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-06T10:42+0500
2022-04-06T10:42+0500
2022-04-06T10:42+0500
hodisalar
zaharlanish
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
toshkent
chilonzor tumani
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1137/98/11379804_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_20f93f4226560e68fc0404e03b3c6dba.jpg
TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida toksik moddadan zaharlanib, hushini yoʻqotgan xodimlar qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar bermoqda. Maʼlum qilinishicha, 5 aprel kuni soat 19:20 da Toshkent shahar FVBga tumandagi Al-Xorazmiy koʻchasida joylashgan AYOQShda 3 nafar xodim benzin yoqilgʻisi saqlanayotgan tsisternalar oraligʻidan hushsiz holda yotganligi boʻyicha tashvishli xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, hushsiz yotgan xodimlarni xavfli hududdan olib chiqishgan.Birinchi yordam koʻrsatilgandan keyin, ular Tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirilgan. Ayni vaqtda toksik moddadan zaharlangan ishchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi toksikologiya boʻlimiga joylashtirilgan.Voqea sababi oʻrganilganda, ular AYOQSH hududi yer ostiga koʻmilgan 3 dona, har biri katta sigʻimli benzin yoqilgʻisi saqlanayotgan tsisternalar orasida yigʻilib qolgan yengil yonuvchan suyuqlikning (benzin) kuchli kontsentratsiyasidan hushlarini yoʻqotganligi aniqlangan.Qoʻqonda besh kishi nomaʼlum moddadan zaharlanib vafot etdiXabarda aytilishicha, voqea joyiga Chilonzor tuman FVB boshligʻi rahbarligida 3 ta qutqaruv ekipajlari 15 nafar shaxsiy tarkibi, tuman prokuraturasi, IIB tezkor tergov guruhi va SSB xodimlari chiqishgan.Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
chilonzor tumani
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1137/98/11379804_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_af874c31bd1c0ab2a0f1aa5d339423c6.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
zaharlanish, favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv), toshkent, chilonzor tumani
Chilonzordagi “zapravka”da toksik moddadan zaharlanib, hushini yoʻqotgan ishchilar qutqarildi
Ishchilar AYOQSH hududi yer ostiga koʻmilgan benzin yoqilgʻisi saqlanayotgan tsisternalar orasida yigʻilib qolgan yengil yonuvchan suyuqlikning kuchli kontsentratsiyasidan hushlarini yoʻqotishgan.
TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida toksik moddadan zaharlanib, hushini yoʻqotgan xodimlar qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV)
xabar bermoqda. Maʼlum qilinishicha, 5 aprel kuni soat 19:20 da Toshkent shahar FVBga tumandagi Al-Xorazmiy koʻchasida joylashgan AYOQShda 3 nafar xodim benzin yoqilgʻisi saqlanayotgan tsisternalar oraligʻidan hushsiz holda yotganligi boʻyicha tashvishli xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, hushsiz yotgan xodimlarni xavfli hududdan olib chiqishgan.
Birinchi yordam koʻrsatilgandan keyin, ular Tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirilgan. Ayni vaqtda toksik moddadan zaharlangan ishchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi toksikologiya boʻlimiga joylashtirilgan.
Voqea sababi oʻrganilganda, ular AYOQSH hududi yer ostiga koʻmilgan 3 dona, har biri katta sigʻimli benzin yoqilgʻisi saqlanayotgan tsisternalar orasida yigʻilib qolgan yengil yonuvchan suyuqlikning (benzin) kuchli kontsentratsiyasidan hushlarini yoʻqotganligi aniqlangan.
Xabarda aytilishicha, voqea joyiga Chilonzor tuman FVB boshligʻi rahbarligida 3 ta qutqaruv ekipajlari 15 nafar shaxsiy tarkibi, tuman prokuraturasi, IIB tezkor tergov guruhi va SSB xodimlari chiqishgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.