https://oz.sputniknews-uz.com/20220406/kiev-rossiyalik-mahbuslarga-nisbatan-jeneva-konventsiyasiga-rioya-qilishdan-bosh-tortdi--23819253.html
Kiyev rossiyalik mahbuslarga nisbatan Jeneva konventsiyasiga rioya qilishdan bosh tortdi
Kiyev rossiyalik mahbuslarga nisbatan Jeneva konventsiyasiga rioya qilishdan bosh tortdi
Kiyev Britaniyani harbiy asirlar toʻgʻrisidagi Jeneva konventsiyasiga rioya qilishdan bosh tortgani haqida xabardor qildi. 06.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-06T21:05+0500
2022-04-06T21:05+0500
2022-04-06T21:05+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
rossiya mudofaa vaziri
ukraina
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/04/23758991_0:72:1340:826_1920x0_80_0_0_b130b5e62402b471eee9fbc3655a0308.jpg
TOSHKENT, 6 apr - Sputnik. Ukrainada rossiyalik harbiy asirlarga nisbatan qiynoq va zoʻravonlik qoʻllaniladi, xalqaro tashkilotlar esa buni koʻrmayapti, dedi Rossiya Federatsiyasi Milliy mudofaa nazorati markazi rahbari, general-polkovnik Mixail Mizintsev. Gʻarb davlatlari esa, nafaqat Kiyevning xalqaro gumanitar qonunlarni qoʻpol ravishda buzayotganidan xabardor, balkim buning uchun Ukraina hukumatini javobgarlikdan qochishga yordam berishga harakat qilmoqda, deydi Mizintsev. “Joriy yilning 1 aprelida Kiyev rejimining rossiyalik harbiy asirlarga nisbatan Jeneva konventsiyasiga rioya qilmasligi haqida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligini xabardor qilgani, bunga dalil boʻlishi mumkin”, — dedi general-polkovnik. Bundan tashqari, Ukraina rasmiylari Gʻarbni Xalqaro Qizil Xoch jamiyatiga (XQXJ) asirga tushgan rossiyaliklarni koʻrishga urinishlarini toʻxtatishga undashni soʻramoqda. “Rossiya harbiy xizmatchilari atrofidagi bunday manipulyatsiyalar koʻplab Gʻarb davlatlari rasmiylari ukrainalik neonatsistlarning gʻayriinsoniy jinoyatlariga sherik boʻlib borayotganidan ishonchli dalil boʻladi”, - dedi Mizintsev. Eslatib oʻtamiz, 24 fevral kuni Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan edi. Buning uchun, uning soʻzlariga koʻra, Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish kerak. Undan tashqari Donbassda tinch aholiga qarshi jinoyatlar sodir etgan harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan. Ukrainani bosib olish haqida gap boʻlishi mumkin emas, dedi Putin.Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga koʻra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba bermoqda. Ukraina tinch aholisiga zarba berilayotgani yoʻq. * Jazolovchi batalonlar (Karateli) - Ikkinchi Jahon urushi yillarida sotqin askarlardan tuzilgan SS bataloni. Ular asosan partizanlar, boʻy soʻnmagan aholini jazolash va qatl qilish bilan shugʻullangan.
rossiya
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/04/23758991_72:0:1269:898_1920x0_80_0_0_a67909f4f7eaa750d27d49c169698131.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, rossiya mudofaa vaziri, ukraina
Kiyev rossiyalik mahbuslarga nisbatan Jeneva konventsiyasiga rioya qilishdan bosh tortdi
Kiyev Britaniyani harbiy asirlar toʻgʻrisidagi Jeneva konventsiyasiga rioya qilishdan bosh tortgani haqida xabardor qildi.
TOSHKENT, 6 apr - Sputnik. Ukrainada rossiyalik harbiy asirlarga nisbatan qiynoq va zoʻravonlik qoʻllaniladi, xalqaro tashkilotlar esa buni koʻrmayapti, dedi Rossiya Federatsiyasi Milliy mudofaa nazorati markazi rahbari, general-polkovnik Mixail Mizintsev.
"Rossiya harbiy xizmatchilariga nisbatan qoʻllanilayotgan qiynoqlar oʻzlarining gʻayriinsoniyligi bilan Ulugʻ Vatan urushi yillarida nemislarga xizmat qilgan jazolovchi batalnonlar* xatti-harakatlariga oʻxshaydi. Qiynoqlar, zoʻravonliklar suratga olinib Internet va OAV orqali tarqatilmoqda. Harbiy asirlarga nisbatan shafqatsizlik faktlariga jahon hamjamiyati, jumladan, BMT, YEXHT va XQXJ eʼtibor bermayapti", - dedi Mizintsev.
Gʻarb davlatlari esa, nafaqat Kiyevning xalqaro gumanitar qonunlarni qoʻpol ravishda buzayotganidan xabardor, balkim buning uchun Ukraina hukumatini javobgarlikdan qochishga yordam berishga harakat qilmoqda, deydi Mizintsev.
“Joriy yilning 1 aprelida Kiyev rejimining rossiyalik harbiy asirlarga nisbatan Jeneva konventsiyasiga rioya qilmasligi haqida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligini xabardor qilgani, bunga dalil boʻlishi mumkin”, — dedi general-polkovnik.
Bundan tashqari, Ukraina rasmiylari Gʻarbni Xalqaro Qizil Xoch jamiyatiga (XQXJ) asirga tushgan rossiyaliklarni koʻrishga urinishlarini toʻxtatishga undashni soʻramoqda.
“Rossiya harbiy xizmatchilari atrofidagi bunday manipulyatsiyalar koʻplab Gʻarb davlatlari rasmiylari ukrainalik neonatsistlarning gʻayriinsoniy jinoyatlariga sherik boʻlib borayotganidan ishonchli dalil boʻladi”, - dedi Mizintsev.
Eslatib oʻtamiz, 24 fevral kuni Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan edi. Buning uchun, uning soʻzlariga koʻra, Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish kerak. Undan tashqari Donbassda tinch aholiga qarshi jinoyatlar sodir etgan harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan. Ukrainani bosib olish haqida gap boʻlishi mumkin emas, dedi Putin.
Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga koʻra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba bermoqda. Ukraina tinch aholisiga zarba berilayotgani yoʻq.
* Jazolovchi batalonlar (Karateli) - Ikkinchi Jahon urushi yillarida sotqin askarlardan tuzilgan SS bataloni. Ular asosan partizanlar, boʻy soʻnmagan aholini jazolash va qatl qilish bilan shugʻullangan.