Iqtisod

Oʻzbekiston fevralda eng koʻp oltin sotgan davlat boʻldi

Zolotыe slitki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Fevralda Oʻzbekiston yirik sotuvchi boʻlgan va 22 tonna oltin sotib, oʻz zaxiralarini 339 tonnagacha kamaytirgan.
TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. Fevral oyida Oʻzbekiston jahondagi eng koʻp oltin sotgan davlat boʻldi. Bundan Jahon oltin kengashining (World Gold Council ) soʻnggi hisoboti darak bermoqda.
Shu yilning fevral oyida Jahon markaziy banklari oltin zaxiralari fevral oyida 6 tonnaga kamaygan.
Ushbu oyda Oʻzbekiston yirik sotuvchi boʻlgan va 22 tonna oltin sotib, oʻz zaxiralarini 339 tonnagacha kamaytirgan. Bu oltin zaxirasi boʻyicha 2020 yil dekabr oyidan keyingi eng past koʻrsatkich hisoblanadi.
“Bu Oʻzbekistonning soʻnggi yillardagi birinchi yirik bitimi emas. Oltin zaxiralarini faol boshqarish oʻzgarishlar tez-tez sodir boʻlishini anglatadi. Oltin fevral oyida sotilgandan keyin ham zaxira aktivlarining 59 foizi oltin hissasiga toʻgʻri keladi”, deyiladi xabarda.
Boshqa sof sotuvlar nisbatan kam. Qozogʻiston yanvarda 17 tonna oltin sotgan boʻlsa, fevralda yana 5 tonna sotgan. Shu oyning boshqa muhim sotuvchilari Qatar (6 tonna), Moʻgʻuliston (1 tonna) va Germaniya (1 tonna) boʻlgan.
Qazilma boyliklari Oʻzbekistonning "oʻsish nuqtasi" boʻlishi mumkin
Oʻz navbatida, Turkiya 25 tonna oltin sotib olgan va zaxirasini 429 tonnaga yetkazgan. Hindiston esa qoʻshimcha 2,7 tonna oltin xarid qilgan. Uning umumiy oltin zaxirasi 758 tonnaga yetgan. Irlandiya (1 tonna) ham oy davomida xaridlarni amalga oshirishda faollik qilib, oʻz zaxiralarini 11 tonnaga yetkazgan.
Yangiliklar lentasi
0