“Pistirmadan zarba berish uchun”: AQSh Ukrainani qanday qurollantirmoqchi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishUcheniya po tusheniyu prirodnix i lesnix pojarov v Primorye
Ucheniya po tusheniyu prirodnix i lesnix pojarov v Primorye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2022
Obuna bo‘lish
AQSh Ukrainaga Switchblade nomli dronlarni yetkazib berishni niyat qilgan, lekin bu hech narsa hal qilmaydi. Rossiya Qurolli kuchlarida bunga qarshi samarakli vositalar bor.
Vashington Kiyevga Switchblade ("tig‘ otuvchi") dronlarining katta partiyasini yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Kichik o‘lchamli uchuvchisiz qurilmalar osmondan turib qo‘riqlovchi qurol bo‘lib taktik nuqtayi nazardan samarali qurol hisoblanadi. Ammo Rossiya armiyasining bunga munosib javob bera oladigan vositalari ham bor.
Rukzakdagi dron
AQSh prezidenti Jo Bayden mart oyi o‘rtalarida Ukrainaga qo‘shimcha 800 million dollarlik harbiy yordam ajratilishini e’lon qilgan edi: 800 ta Stinger ko‘chma zenit-raketalar kompleksi, 2000 ta Javelin tankka qarshi raketa kompleksi, 1000 ta tankga qarshi yengil qurol va 6000 ta AT-4 granatomotlari Kiyevga yuboriladi. Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlariga o‘qotar qurollar, bronjilet va shlemlar, o‘q-dorilar ham yetkaziladi. Kuni kecha Pentagonning ittifoqchisiga 100 ta Switchblade uchuvchisiz uchish apparatlarini taqdim etishi ham ma’lum bo‘ldi.
Kamikadze-dronlar deb ataladigan bu osmondan qo‘riqlovchi qurolar Afg‘onistonning borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarida Tolibonga qarshi kurashish uchun AQSh quruqlikdagi qo‘shinlari buyrug‘i bilan ishlab chiqilgan. 2011-yilda foydalanishga topshirilgan, bir necha ming dona ishlab chiqarilgan. Amerika piyodalari va maxsus kuchlari ulardan O‘rta va Yaqin Sharqda muvaffaqiyatli foydalangan.
Uning ikki varianti bor - piyodalarga qarshi va tankga qarshi. Birinchi Switchblade 300 ning og‘irligi 2,5 kilogrammdan sal ko‘proq, oddiy askarning rukzagiga sig‘adi. Harbiy asbob ixcham tashish va uchirish konteynerida joylashgan bo‘lib, pnevmokatapult prinsipiga muvofiq siqilgan havo bilan osmonga uchiriladi. Parvoz uzoqligi o‘n kilometrgacha, jangovar qismining kuchi avtomatik granatometning 40 millimetrlik snaradiga teng. Kreyser tezligi soatiga 100 kilometr, kuzatish va yo‘l topish uchun kunduzi va tungi kameralari bor.
Tankga qarshi Switchblade 600 kattaroq va og‘irroq - 23 kilogramm. U operatordan 40 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni uradi. Jang kallagi Javelin Tankka qarshi raketa tizimlariga o‘xshash. Amerikaliklarning fikricha, agar ushbu qurol yuqoridan har qanday zamonaviy bronetexnikaga qarshi samarali zarba berishi mumkin.
Ikkala modifikatsiyadagi dronlar sensorli planshetdan boshqariladi. Uchirishga tayyorgarlik - o‘n daqiqa. Bitta uchuvchisiz apparatning narxi taxminan olti ming dollarni tashkil qiladi. Dushman mudofaasining taktik chuqurligida ommaviy foydalanish uchun mo‘ljallangan, AQSh armiyasining ko‘pgina motopiyoda bo‘linmalarining qurollanishiga kiritilgan. Biroq, “tig‘ otuvchi”ning harbiy asboblar oilasining boshqa osmondan himoya qiluvchi a’zolari singari, zaif tomonlari ham bor.
Havo himoyasi
“Asosiy kamchilik - batareyalarning kichkina sig‘imi, dron uzoq vaqt havoda qololmaydi, - deydi harbiy ekspert Aleksey Leonkov. “O‘sha Switchblade 300 atigi o‘ndan- o‘n besh daqiqagacha ishlaydi. Bu nishonni razvedka qiluvchi, Havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz uchun sezilarli darajada yirikroq dron yoritib turishi kerakligini anglatadi. Nishonga olmasdan uchirilgan asbob “shunchaki yerga tushadi”.
Yangi tahdid bilan kurashish uchun Rossiya armiyasida yetarlicha vositalar bor. Avvalo, bular “Tor-M2” zenit-raketa komplekslari va “Pansir-S1” zenit-raketa-zambarak tizimlari. Ular hatto kichik nishonlarni ham aniqlaydi, kuzatib boradi va yo‘q qiladi. Suriyada havo mudofaasi ularning yordami bilan Xmeymim aviabazasiga ekstremistik hujumlarni bir necha bor qaytarmoqda.
“Bizning zenit-raketa komplekslarimiz mudofaaning ikkinchi eshelonidir, - deydi ekspert. - Birinchisi - radioelektron urush qo‘shinlari. Ularning jihozlari dron va operator o‘rtasidagi aloqa kanalini yo‘q qilishga va dronni yaroqsiz temirga aylantirishga qodir. Armanlar Stepanakert ustidagi Rossiyada ishlab chiqarilgan “Pole” radioelektron urush komplekslarini ishga tushirilganda, Ozarbayjonning uchuvchisiz uchoqlari o‘z faolligini keskin pasaytirdi. Bu yangi moslamalar Ukrainada ham qo‘llanilishiga shubham yo‘q”.
Ta’minot kanallari
Amerikaning kamikadze-dronlari Rossiya armiyasiga biroz yo‘qotishlar keltirishi mumkin. Ammo ular, albatta, 2020-yilning kuzida Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro paytida ushbu turdagi harbiy texnika bo‘lgan “super qurol”ga aylanmaydi. O‘sha paytda Ozarbayjonning IAI Harop osmondan himoya qiluvchi o‘q-dorilari Armanistonning havo hujumidan mudofaa pozitsiyalari, harbiy texnikalar to‘plangan hududlari va dala istehkomlarini vayron qilgan.
Stepanakert va Yerevanda Rossiya qo‘shinlari kabi havo hujumidan mudofaa tizimlari yo‘q edi. Bundan tashqari, ekspertlar ukrainaliklar xorijdan kelgan sovg‘alardan to‘g‘ri foydalana olishlariga shubha qilishadi.
“Bu hech narsani o‘zgartirmaydi, - deydi harbiy ekspert Vladimir Yevseyev. “Amerikaliklar xohlagan narsani rejalashtirishi mumkin. Gap bu komplekslarni kim boshqarishida. Ukraina harbiy xizmatchilari tezda tayyorgarlikdan o‘tishlari dargumon. Katta ehtimol bilan ushbu dronlarni Amerikaning xususiy harbiy kompaniyasi vakillari boshqarishi mumkin. “Birinchidan, bu odamlar o‘zlarini haqiqiy xavf ostiga qo‘yishadi, chunki ularni yo‘q qilishlari mumkin. Ikkinchidan, urushga xorijiy davlatning, xususan AQShning aralashuvi bor. Uchinchidan esa, bunday ta’minotlar Kiyev rejimining jinoiy harakatlariga yordam beradi”.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaga G‘arbdan kirib kelayotgan qurol-yarog‘lar kolonnalari qonuniy nishon sifatida ko‘rilishi haqida rasman ogohlantirgan edi. Ayni paytda NATO davlatlaridan yagona marshrut Polsha bilan quruqlikdagi chegara orqali o‘tadi. Ehtimol, u yerda hammasi allaqachon rus aviatsiyasi va yuqori aniqlikdagi artilleriya qurollari ostidadir.
Yangiliklar lentasi
0