Quruq havo va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda - O‘zgidromet

© Pixabay / Peschanaya burya
Peschanaya burya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hududida quruq ob-havo va kuchli shamollar tufayli yer yuzasidan chang ko‘tarilish xavfini oshirmoqda.
TOShKENT, 6 apr - Sputnik. Kelayotgan bir necha kun davomida O‘zbekiston hududida quruq ob-havo hamda kuchli shamollar bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar qildi "O‘zgidromet".
Ob-havoni prognoz qilish markazi mutaxassislariga ko‘ra, kelayotgan 5 kunda respublikaning deyarli barcha hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s ga yetishi mumkin.
8 aprel kuni Qoraqalpog‘iston respublikasining cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/sga yetadi, ayrim joylarda 23-14 m/sga yetishi mumkin.
9 aprelda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Jizzax viloyatlarida hamda respublikaning cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/ssga yetishi mumkin.
10 aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/sgacha kuchayadi.
11 aprelda Buxoro, Navoiy, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida shamol tezligi 25-28 m/sgacha kuchayadi.
Soha mutaxasislari aprel oyining boshlaridagi quruq va issiq havo to‘lqinlari yer sirtidagi tuproqni yetarlicha quruqlashtirmoqda va bu omil endilikda kutilayotgan kuchli shamollarning sirt yuzasidan chang ko‘tarilish xavfini oshirib qo‘yishini bashorat qilishmoqda.
Ma’lumot uchun Buxoroda ob-havoni kuzatish stansiyalari +35 daraja issiq qayd etishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0