Rossiyaning “Tor” ZRK Ukrainaning “Bayraktar” dronlarini yakson qilmoqda – video

Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi “Tor” zenit-raket kompleksi Ukrainaning “Bayraktar” uchuvchisiz uchish qurilmasini qanday yakson qilganini ko‘rsatdi.
Ta’kidlanishicha, Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyasi davomida “Tor” zenit-raket kompleksi 20-marta ishga tushirilgan. Buning natijasida Ukrainaning 11 ta turli uchuvchisiz uchish qurilmalari, jumladan, yettita “Bayraktar” yakson qilingan.
Maxsus operatsiya davomida Ukrainaning jami 400 taga yaqin dronlari ishdan chiqarilgan.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligini endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0