Kolumnistlar

Rus madaniyatini bekor qilish yetarli boʻlmadi. Uni talon-taroj qilish vaqti keldi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
TOSHKENT, 6 apr - Sputnik. Finlyandiya bojxona xizmati Rossiyaga yoʻl olgan Rossiyaga tegishli sanʼat asarlari qoʻlga olinganini tasdiqladi. Sabab – Yevropa Ittifoqi sanktsiyalari.
“Bojxonachilar Vaalimaa chegara punktida Yevropa Ittifoqi sanktsiyalari qoʻllanishida gumon qilinayotgan uchta yukni toʻxtatdi. Holatlar boʻyicha dastlabki tergov boshlandi”, - deya xabar beradi agentlik.
Endi bizga ayon boʻldiki, rus musiqachilari, yozuvchilari, raqqosalari, teatrlariga taqiq qoʻyishlarning sababi nafaqat ularning chiqishlarini bekor qilish va persona non grata deb eʼlon qilish, balki shunchaki Rossiyada tugʻilib oʻsganlari uchun boʻlgan...
Bugun jamoat maydonida mamlakatimizga qarshi chiqqanlar uchun rus madaniyatini bekor qilish milliy merosimizni musodara qilish deb ham hisoblanadi.
Bu rasmlar, qimmatbaho foliantlar, qoʻlyozmalar, partituralar, zargarlik durdonalari (bizning muzeylarimizda esa durdona boʻlmagan asarlar saqlanmaydi), mutlaqo hamma narsa, har qanday obʼyekt, har qanday artefakt boʻlishi mumkin. Agar ularning provenansida yoki saqlash joyida atigi- Russian Federation degan ikkita soʻz boʻlsa, buni musodara qilish mumkin, degan maʼnoni anglatadi.
“Bojxona xodimlari buning balki shunchaki antikvariat ekanligini tekshirishga qaror qildi”- kabi hadiksiragan tushuntirishlar ahamiyatsiz deb hisoblanishi kerak va shart.
Fin bojxonachisi Engr qalamiga mansub Ermitaj kollektsiyasidan boʻlmish “Graf Guryevning portreti” polotnosi yoki Kanova haykaltaroshning “Kupid” haykalini (bu ham Ermitaj kollektsiyasidan) “noyob buyum” deb tasniflash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan paytida biz oʻz merosimizga qarshi ov boshlaganini tushunishimiz kerak. Va ular bizni ham xuddi ovchilar u yerda boʻrilarni haydagandek bayroqlarga quvishayotganini ham tushunishimiz darkor.
Italiya muzeyi xodimlari va kuratorlarining iltimosiga koʻra “Grand-tur. Italiya orzusi – Venetsiyadan Poympeygacha” koʻrgazmasida ishtirok etgan eksponatlar Sankt- Peterburgga qaytarilishi kerak. Koʻrgazma Milanda boʻlib oʻtgan edi.
Mart oyining boshlarida, frantsuz hamkasblaridan oʻrnak olib, (ular Kreml muzeyi rahbariyatiga murojaat qilib, Luvr va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalar tomonidan Moskvaga taqdim etilgan eksponatlarini qaytarishni soʻragan, rus sanʼatshunoslari, albatta,zudlik bilan barchasini qaytarib berishdi, eksponatlar frantsuz diplomatik missiyasi hududiga yuborildi, koʻrgazma ochilishi vaqti esa koʻchirilgan edi) Ermitaj xodimlari ham eksponatlarni xuddi shu tarzda qaytarishni soʻradi.
Bunga javoban, italiyaliklar keyinchalik ekspozitsiyani muddatidan oldin yopishlari kerakligidan hasrat qilishdi, chunki maʼno va tushunchaga zarar bermasdan tematik teshikni yamoqlab boʻlmaydi. Ruslar esa bu sabablarni tinglashdi, hamkasblarini tushunishdi va oxirigacha kutishga rozi boʻlishdi. Tom maʼnoda.
Aniq tushunishimiz kerakki, hozir biz koʻrayotganlarimiz hali drama emas. Bu uning boshlanishi. Bu javob munosabatimiz qanday boʻlishini sinovdan oʻtkazishayotgan fursat. Biz qoʻrqqanimizdan jim turamizmi yoki hamma narsani darhol qaytarishni talab qilamizmi?
Kechasi milliy boyligimiz boʻlgan yuk mashinalarini xuddi Viola eritilgan pishloqlari ortilgan yuk mashinasi kabi toʻxtatib qoʻyadigan bojxonachilarning pozitsiyasini tushunmasdan Ammo shuni anglash kerakki, bugungi kunda va hozir Rossiyadan tashqarida joylashgan, ammo Rossiyaga tegishli boʻlgan har qanday sanʼat asari tungi bojxona xodimi musodara qilishi mumkin boʻlgan obʼyekt boʻlib qolmoqda.
Agar Ermitajga tegishli Engr “antiqa va noyob” buyum sifatida oʻtishi mumkin boʻlsa, u holda tungi navbatchi bojxona xodimi Karl Faberge tomonidan yaratilgan Pasxa tuxumini (hozir daho zargarning Londonda uchta durdona asari namoyish etilmoqda), Sezanning rasmi va Van Gog polotnosini (hozir ikki yuzga yaqin rasm Frantsiya poytaxti Parijda saqlanmoqda, uning prezidenti allaqachon “Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar paketi” tarafdori ekanini eʼlon qilgan).
Biz doimo kutamiz. Va biz doim umid qilamiz. Muloqotda teng huquqli sifatida qabul qilinishimizni kutish oʻta ruscha odatimiz. Va bizning xavotirlarimiz va xavfsizligimiz bilan bogʻliq tashvishlarimiz tushuniladi va koʻrib chiqilishi va ularning biz bilan muhokama qilishga tayyor ekanliklarini kutish ham.
Ishonamiz va umid qilamizki, bizning merosimiz oʻzimizga, albatta, qaytariladi. Xuddi biz har doim qaytarib bergandek. Biz dushmanlarimizning oʻzimiz saqlagan va tiklagan merosni ularning oʻzlariga qaytarib berganmiz.
Va evaziga hech qachon hech narsa soʻramaganmiz.
Bugun Gʻarb madaniyati va Gʻarb madaniy qadriyatlari dunyosi bizga tishining oqini koʻrsatgancha deyarli barchasi uchun Rossiyadan qarzdor ekanligini unutib qoʻydi (chunki biz eslatmadik).
Bugungi kunda daho deya tan olingan frantsuz rassomlarini qoʻllab-quvvatlash uchun aynan rus savdogarlari koʻplab franklarni sarflagan. Keyin esa oʻtgan asrning oxirida va oʻtgan asrning boshida ularning ismlarini hech kim yodga olmagan. Ayniqsa, bu nomlar Cezann, Renuar, Mone, Matis vatandoshlari uchun hech narsa anglatmaydi. Ularni qashshoqlikdan olib chiqqanlar tom maʼnoda rus savdogarlari edi. Va aynan rus savdogarlari ular uchun abadiy shon-shuhrat yoʻllarini ochib berdi va agar oʻtmishga nazar tashlansa, ularning polotnolari narxini tasavvur qilish qiyin.
Bu asli permlik, kasbi boʻyicha peterburglik, Gʻarbga butun baletni sovgʻa qilgan rus impressariosi. Ham klassik, ham zamonaviy - chunki Sergey Diyagilevning truppasi, uning hamfikrlari, hamkasblari shunchaki olib balet teatrlarini va ahamiyatlisi, butun dunyo boʻylab xoreografiya maktablarini yaratishdi. Gʻarbdan sharqqa va shimoldan janubga.
Davoqe, Lozanna yoshlar balet tanlovi rahbariyatining bu yilgi tanlovda Rossiyadan kelgan yosh raqqos va raqqosalarning ishtirok etishiga ruxsat bermaganining ustidan ham kulmay boʻlmaydi. Agar rus Dyagilev boʻlmasa, Lozanna, uning baleti va Moris Bejartning oʻzi paydo boʻlarmidi?
Biz nimamiz boʻlsa barini saxiylik bilan dunyoga ulashdik. Nima qilishni bilsak, butun dunyoga oʻrgatdik. Biz litsenziyalar, mualliflik huquqi, gonararlar haqida hech nima bilmas edik.
Biz sanʼatning aql va isteʼdod uchun, hammaga erkin maydon soha ekanligini tushunib, undan pul qilmadik.
Biz uchun madaniyat va uning qadriyatlari umumbashariy, yagona va ajralmasdir va shu sabab moliyaviy qiymatga ega emas.
Biz sanʼatning maʼnaviy qadriyatlariga koʻproq eʼtibor beramiz. Va bunda hech kimning shubha qilishiga yoʻl qoʻymaymiz.
Biz madaniyatga respublika mulki sifatida qaraymiz, shuning uchun ham oʻz mulkimizni oʻzimizga qaytarish uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Uni Rossiyaga qaytarish uchun. Oʻz vataniga qaytarish uchun.
Yangiliklar lentasi
0