Jamiyat

Alisher Sultonov lavozimidan ozod etildi

Alisher Sultanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Alisher Sultonov "salomatligi tufayli boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan" energetika vaziri lavozimidan ozod qilindi.
TOSHKENT, 7 apr - Sputnik. Oʻzbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan Alisher Saidabbasovich Sultanov salomatligi tufayli boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimidan ozod etildi", - deyilgan xabarda.
Alisher Sultonov 1996 yildan boshlab Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlagan. 2015 yildan boshlab "Oʻzbekneftegaz" boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelgan. 2019 yilning 1 fevralidan boshlab Oʻzbekistonning birinchi energetika vaziri lavozimida ishlab kelgan.
Aytish joizki, Alisher Sultonov turli yillarda Oʻzbekiston Shaxmat federatsiyasi raisi, Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Ayni damda Sultonov Oʻzbekiston Kanoe federatsiyasi raisi.
Yangiliklar lentasi
0