Avstraliya nashri O‘zbekistonga tashrif buyurishni tavsiya qilmoqda

© Sputnik / Mariya NaumenkoNa territorii kreposti Ichan-Kala v Xive
Na territorii kreposti Ichan-Kala v Xive - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston kam xarajat evaziga “sarguzashtli sayohat” turkumi doirasida tashrif buyurishga arziydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Avstraliyaning Lonely Planet nashriO‘zbekistonni may oyida kam xarajat evaziga “sarguzashtli sayohat” turkumi doirasida tashrif buyurishga arziydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Ro‘yxatdan Samarqand, Buxoro va Xiva o‘rin olgan.
“Ajoyib ob-havoda Ipak yo‘li karvonsaroyini tomosha qiling. Ipak yo‘li. Ziravorlar. Ming yillar davomida Markaziy Osiyoning madaniy yuragi bo‘lgan bu yerga sayohat qilishda shubhasiz romantik hislarni tuyish mumkin. Bu, ayniqsa, mozaik maqbaralar, masjid va madrasalar bilan jilvalanayotgan O‘zbekistonning uchta tarixiy shahri – Samarqand, Buxoro va Xivaga taalluqlidir”, - deyiladi xabarda.
Maqolada may oyining oxirida Buxoroda bo‘lib o‘tadigan “Ipak va ziravorlar festivali” o‘zining gilamdo‘zlari, yog‘och o‘ymakorlari, sozandalar va rassomlar ijodi mahsulotlari bilan mashhurlari urg‘ulangan.
“Darhaqiqat, may O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun eng zo‘r oydir. Mamlakat ob-havosi diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish uchun qulay sharoit yaratib, lola va o‘rik gullari esa manzarani yanada jonlantiradi”, - deya xulosa qilishgan mualliflar.
“Lonely Planet” – xalqaro nashriyot kompaniyasi bo‘lib, 1972-yilda Avstraliyada tashkil etilgan. U kam xarajatli sayohatlar bo‘yicha maxsus qo‘llanmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan birinchi rasmiy nashriyotlardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Jahon sayyohlik tashkiloti vakolatxonasi maslahatchisi Shuhrat Isoqulov Sputnik muxbiriga mamlakat Rossiyadan kelayotgan sayyohlar sonini ham oshirish rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekistonga Rossiyadan 480 ming rossiyalik sayyoh kelgan. Bu ko‘rsatkich yanada oshirish va 1,5 million nafarga yetkazish rejalashtirilgan.
Ayni damda O‘zbekistonda turizm sektori rossiyalik sayyohlarning ehtiyojlariga moslashishga harakat qilmoqda, ularning asosiy afzalligi all-inclusive shaklidir.
O‘zbekiston turizmi gurkirab rivojlanishi bashorat qilinmoqda
Yangiliklar lentasi
0