Rossiya

BMT Inson huquqlari kengashida Rossiya ishtiroki toʻxtatildi

© Foto : Patrick GrubanZal Generalnoy Assamblei OON
Zal Generalnoy Assamblei OON - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bosh Assambleyasining ushbu qarorini yoqlab 93 davlat ovoz bergan, 24 davlat qarshi va 58 davlat betaraf ovoz berdi.
TOSHKENT, 7 apr - Sputnik. BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Inson huquqlari boʻyicha kengashidagi faoliyatini toʻxtatuvchi rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” muxbiri.
Yoqlab ovoz berganlar: Bosh Assambleyasining ushbu qarorini yoqlab 93 davlat ovoz berdi. Ular Orasida Serbiya va Isroil ham bor, deyilgan xabarda.
Qarshi ovoz bergan davlatlar 24 ta: Jazoir, Belarus, Boliviya, Burundi, Markaziy Afrika Respublikasi, Xitoy, Kongo Respublikasi, Kuba, Shimoliy Koreya, Eritreya, Efiopiya, Gabon, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Laos, Mali, Nikaragua, Rossiya, Suriya, Tojikiston, Oʻzbekiston, Vetnam, Zimbabve.
Betaraf qolganlar – 58 ta davlat boʻldi: Misr, Kamerun, Gana, Hindiston, Quvayt, Meksika, Moʻgʻuliston, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika va Birlashgan Arab Amirliklari va boshqalar.
Hujjat loyihasi bir guruh Gʻarb davlatlari, jumladan AQSH, Ukraina va Latviya tomonidan tayyorlangan. Uning matniga koʻra, Bosh Assambleya "Ukrainadagi harakatlar" tufayli Rossiyaning IHKga aʼzolik huquqlarini toʻxtatishga qaror qiladi. Shu bilan birga, BA "kerak boʻlsa, masalani qayta koʻrib chiqishi" mumkinligi aytilgan.
"Ushbu cheklovdan soʻng Rossiya IHKda oʻz oʻrnini saqlab qolishini, biroq ovoz berish va soʻzlash huquqildan mahrum boʻladi", - deb izoh berdi IHK asosiy vakillik organi raisi Abdulla Shahid RIA Novosti muxbiriga.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili oʻrinbosari Gennadiy Kuzmin Rossiya 7 apreldan boshlab IHK aʼzoligidan muddatidan oldin chiqishini eʼlon qildi. Uning soʻzlariga koʻra, bu qaror “inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlardan chekinish emas”.
Moskva bu rezolyutsiyani “noqonuniy va siyosiy maqsadli qadam” deb hisoblaydi, va Kengashning oʻzi “bir guruh davlatlar tomonidan oʻz maqsadlarida foydalanish uchun monopoliya qilingan”, deydi Kuzmin.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan bezorilik va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.
Rossiya Mudofaa vazirligining taʼkidlashicha, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va qoʻshinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yoʻq. 25 martga kelib operatsiyaning birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarildi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada pasaytirdi.
Yangiliklar lentasi
0